Mixail Vodopyanov haykali ― Moskvada Xodinka maydonida, M.V.Frunze nomidagi sobiq markaziy avtodrom hududida oʻrnatilgan. Yodgorlik muallifi haykaltarosh Aleksandr Golovachev. Yodgorlik „shahar haykaltaroshligi“ toifasiga kiradiVestnik Mera i Pravitelstva Moskvi № 65-noyabr 2011 (2189).

Yodgorlikni oʻrnatish uchun shahar byudjetidan 16,3 million rublPamyatnik letchiku Vodopyanovu poyavitsya na Xodinskom pole v 2013 godu — Moskva 24, 22.11.2012 ajratilgan. U Xodinskiy bulvarida 2013-yil 17-avgustda ochilganV Moskve otkrili pamyatnik legendarnomu polyarniku Vodopyanovu // „Vesti. Moskva“. 17-avgusta 2013. Tantanali marosimda Sovet Ittifoqi Qahramoni uchuvchi Nikolay Timofeyevich Antoshkin ishtirok etgan. Taxminlarga koʻra, ushbu yodgorlik Xodinka maydonidagi qahramon uchuvchilar xiyobonidagi birinchi yodgorlik boʻladiOtkritie pamyatnika legendarnomu lyotchiku Vodopyanovu // mreporter.ru.

Yodgorlikning umumiy balandligi 4,8 m vazni 2 tonna. Balandligi 3,3 m boʻlgan bronza haykal 1,5 m balandlikdagi poydevorga oʻrnatilganV subbotu na Xodinskom pole otkroyut pamyatnik letchiku Vodopyanovu — Moskva 24, 15.08.2013. Vodopyanov parvoz formasida tasvirlangan, uning chap qoʻlida xarita bor. Yodgorlik granit plitalari bilan qoplangan dumaloq uch bosqichli maydonchaning markazida joylashgan.

Yodgorlik uchuvchi Mixail Vodopyanov dunyoda birinchi boʻlib Shimoliy qutbdagi muzga qoʻnganini eslatadi. Poydevor muz bloki shaklida qilingan. Uchuvchining chap qoʻlidagi xaritada uning Shimoliy qutbga parvozi yoʻnalishi koʻrsatilgan. Markazida yodgorlik joylashgan dumaloq asos yer shari va Shimoliy qutbni ramzini bildiradi.

Manbalar

Adabiyotlar Памятники монументального искусства Москвы: справ. изд. / Департамент культурного наследия г. Москвы. — М.: ООО «Милк Эдженси», 2016. — 404 с.: с. 264. ISBN 978-5-9907078-1-8. Turkum: Moskva haykaltaroshlik yodgorliklari mashhur va taniqli insonlar / Vodopyanovu Turkum: Horoshevskiy tumani