SpaceX CRS-13 (shuningdek, SpX-13 nomi bilan ham tanilgan) NASA bilan Commercial Resupply Services (CRS) shartnomasi doirasida Xalqaro Kosmik Stantsiyasini taʼminlash dasturida SpaceXning Dragon avtomatik yuk kemasining oʻn uchinchi parvozidir.

NASA missiyasida birinchi marta 2017-yil iyun oyida SpaceX CRS-11 parvozida foydalanilgan Falcon 9 raketa tashuvchisining oldin ishlatilgan birinchi pogʻonasidan foydalanilgan.

Ushbu parvoz uchun islatilgan kema qayta ishlatilgan ham, 2015-yilda u SpaceX CRS-6 missiyasi doirasida koinotda 33 kundan keyin qaytib keldi.

Parvoz Ushbu parvoz 2016-yil sentabr oyida Amos-6 sunʼiy yoʻldoshini parvozga tayyorgarlik koʻrish paytida roʻy bergan raketa tashuvchi portlashidan keyin taʼmirlangan va takomillashtirilgan SLC-40 yangilangan uchirish majmuasidagi birinchisi boʻldi. thumb|left|CRS-13 missiyasinig parvozi Parvoz 2017-yil 15-dekabrda UTC soat 15:36 da boʻlib oʻtdi.

Yaqinlashish va joylashtirish 2017-yil 17-dekabr, 10:57 UTC, NASA astronavtlari Mark Thomas Vande Hei va Jozeph Akaba, Kanadarm mexanik qoʻli bilan fazoviy yuk kemasini ushlab olishdi. Keyin 13:26 UTC da, yerdan boshqaruvi ostida, yuk kemasi Harmony moduliga muvaffaqiyatli oʻrnatildi.

Foydali yuk Dragon Xalqaro Kosmik StantsiyasiniXalqaro Kosmik Stantsiyaga 2205 kg foydali yuk yetkazdi.

1560 kg germitik boʻlinmada (qadoqlar bilan birga) yetkazib berildi, shu jumladan:

Ekipaj uchun oziq ovqat va buyumlar — 490 kg Ilmiy tadqiqot uchun materiallar — 711 kg Ochiq kosmosga chiqish uchun uskunalar — 165 kg Stansiyaning jihozlari va qismlari — 189 kg Kompyuterlar va aksessuarlar — 5 kg

Stansiya uchun tashqi jihozlar Xalqaro Kosmik Stantsiyaga nogermetik konteynerda yetkazildi: umumiy va spektral quyosh nurlanish datchigi (TSIS-1) va kosmik chiqindilar sensori (SDS), umumiy ogʻirligi 645 kg.

Shuningdek, „Rodent Research-6“ tajribasi doirasida mikrogravitatsiya taʼsirini oʻrganish uchun 40 ta tirik sichqon yetkazildi. Yanvar oyida sichqonlarning bir qismi ushbu kemada Yerga tirik holda qaytarildi.

Tutashuvdan chiqishi va qaytishi Kosmik kema 2018-yil 13-yanvarda Yerdan kelgan buyruq bilan avtomatik ravishda Xalqaro Kosmik Stantsiyadan tutashuvdan chiqdi. Soʻnggi besh oy ichida Kanadarm2 robot qoʻli uchun avtomatik tutashuvdan chirartirish tartibi ishlab chiqilgan edi. Tutashuvdan chiqartirish jarayoni Kanada kosmik agentligi nazoratchilari nazorati ostida Sent-Xubert (Kvebek) obyektida ROBO jamoasi va Xalqaro Kosmik Stantsiya ekipaji oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa liniyasi orqali amalga oshirildi.

Kanadarm2 uchi tutqichini ochish buyrugʻi UTC soat 09:58 da yuborildi va tutqich fiksatorlari Dragon tutqich shtirini boʻshatishi bilan masofadan boshqariladigan robot qoʻl kemadan 4,5 metr xavfsiz masofaga qaytarildi. Uch daqiqadan soʻng, kosmik kema birlamchi surish impulsi uchun dvigatellarni ishga tushirish buyrugʻini oldi, soʻngra, bir daqiqadan soʻng, Xalqaro Kosmik Stantsiya atrofidagi 200 metrlik „xavfsizlik zonasini“ tark etish uchun radial tezlashtirish manevrini amalga oshirdi. Dragonni Xalqaro Kosmik Stantsiyadan uzoqlashtirgan uchinchi va eng uzun manevr kema ajratilgandan keyin taxminan oʻn daqiqa oʻtgach yakunlandi.

Belgilangan qoʻnish vaqtidan taxminan 50 daqiqa oldin Dragon oʻzining Draco dvigatellarini 10 daqiqalik tormozlash manevri uchun ishga tushirdi va kema orbitadan chiqish uchun sekundiga taxminan 100 metrga sekinlashdi va atmosferaga kirishdan toʻrt daqiqa oldin termal himoya tizimi bilan jihozlanmagan va atmosferaga kirish paytida tarkibidagi tovarlar bilan birga kuyib ketadigan bagajnik qismini tashlab yubordi.

Zich atmosferaga duch kelgan kema tormozlash uchun 1600 selsiy darajagacha haroratga bardosh beradigan PICA-X ablativ materialidan tayyorlangan issiqlik himoya ekrani yordamida boshqariladigan qulashni boshladi. Taxminan 13,7 kilometr balandlikda sekundiga 240 metr tovush tezligidan past tezlikkacha sekinlashib, uch yirik parashyutni ochishdan oldin tezligini yanada pasaytirish uchun ikkita tormoz parashutni ochib yubordi.

Kema 15:36 UTC da Tinch okeanida, Quyi Kaliforniyadan 625 kilometr gʻarbda suvga qoʻnishni amalga oshirdi.

Dragon 1850 kilogramm yukni Yerga qaytardi: 108 kilogramm uskunalar va oldingi ekipajlarning shaxsiy buyumlari, Yerda taʼmirlash uchun 321 kilogramm ochiq kosmosga chiqish uskunalari, tekshirish, taʼmirlash va utilizatsiya qilish uchun 281 kilogramm uskunalar, 16 kilogramm kompyuter uskunalari va 913 kilogramm elektr laboratoriya muzlatgichlariga qadoqlangan namunalar koʻrinishidagi ilmiy tadqiqot materiallari va ikkitalik qadoq sovutgichlar, shuningdek, parvozdan keyingi tahlilni kutayotgan tugallangan tajribalarning turli natijalari.

Shuningdek, orbitadan qaytgach, yonuvchi bagajnikda muvaffaqiyatli tajribasining (okean yuzasi ustidagi shamol tuzilmalarini kuzatish uchun) 2014-yil sentabrida SpaceX CRS-4 kosmik kemasi tomonidan stansiyaga yetkazilgan va stansiyaning tashqi yuzasida joylashtirilgan uskunasi bor edi.

Galereya

Havolalar

 — missiyaning rasmiy press kiti. SpaceX.  — missiyaning rasmiy press kiti. NASA.  — JAXA saytidagi missiya sahifasi.

Turkum:SpaceX

Manbalar