„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni — respublikada sanʼatni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat koʻrsatgan teatr, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirish artistlari va rejissorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijyorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladiOʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-sonOʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat). Tavsifi Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida doira, niqob va royal, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN ARTIST“ degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan kadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Mukofotlanganlar

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston unvonlari