(181708) 1993 FW — Neptun orti obyektlaridan biri boʻlib, Pluton va Xarondan keyin kashf etilgan ikkinchi trans-Neptun obyekti hisoblanadi. Birinchisi 15760 Albion edi (ilgari (15760) 1992 QB 1 nomi bilan tanilgan). thumb|left|Koyper belbogʻi hududlari Ushbu obyekt Koyper belbogʻining Klassik Koyper belbogʻi deb ataluvchi qismida joylashgan.

(181708) 1993 FW kosmik obyekti 1993-yilda Devid C. Jewitt va Jeyn X. Luu tomonidan Gavayi orollaridagi Mauna Kea rasadxonasida kashf etilgan. Kashf qilinganidan soʻng, ushbu obyektga kashfiyotchilar tomonidan Jon le Karre obrazi sharafiga “Karla” nomi berildi va yangi sayyora sifatida e'lon qilindi. Mayk Braun oʻz veb saytida ushbu obyektni mitti sayyora sifatida koʻrsatadi.

(181708) 1993 FW trans-Neptun obyekti Albiondan yarim yil keyin kashf etilgan.

Quyoshdan taxminan 30-50 a.b. masofa oraligʻidagi Koyper belbogʻida 1992 QB1 (2018-yilda nomlangan, 15760 Albion) topilgandan soʻng, yigirma yil ichida (1992-2012) mingdan ortiq jismlar topilgan boʻlib, ushbu davr bu kabi jismlarning Koyper belbogʻida keng yoyilganini koʻrsatdi. Pluton va Albiondan tashqari 2018-yilga kelib, 2000 dan ortiq Koyper belbogʻi obyektlari topildi.

1990-yillarning oʻrtalarida yangi mintaqa "jonlangan" va boshqa Yulduz tizimlaridagi boshqa ikkinchi asteroid yoki kometa belbogʻlari haqidagi turli xil bashoratlarda retrospektivni keltirib chiqargan vaqt edi. Bu davrda koʻplab Neptun orti obyektlari kashf etildi.

Koyper belbogʻidan 1993-yilda yana uchta (15788) 1993 SB, (15789) 1993 SC va (385185) 1993 RO deb nom olgan obyektlar topildi.

Yana qarang Koyper belbogʻi Neptun orti obyektlari 15760 Albion

Manbalar

Havolalar (181708) 1993 FW (181708) 1993 FW alchetron.com Dawn of Small Worlds: Dwarf Planets, Asteroids, Comets What is the Kuiper belt?

Turkum:Astronomiya Turkum:Astrofizika Turkum:Tabiat