Anıtkabir — Turkiyaning poytaxti Anqara shahrining Çankaya tumanida joylashgan Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafa Kemal Atatürkning qabri joylashgan maydon. Meʼmorlari Emin Onat va Orhan Arda boʻlgan ushbu majmuaning qurilishi 1944-yil 9-oktabr kuni boshlanib, 1953-yil oktabrda tamomlangan. 1953-yil 10-noyabr, Mustafa Kemal Atatürkning vafot etgan kunida rasmiy ochilish marosimi oʻtkazilgan. Majmua turli inshootlar va yodgorliklardan, xususan, birinchi prezident maqbarasidan, shuningdek, Tinchlik parki (Barış Parkı) deb nomlangan oʻrmonli hududdan iboratThe list .

Prezident Mustafa Kemal 1938-yil 10-noyabr kuni vafot etganidan soʻng, uning jasadi Anqarada biror maqbara qurilgunga qadar Turkiya etnografiya muzeyida saqlanishi eʼlon qilindi. Maqbara qurilishi kerak boʻlgan hududni aniqlash uchun hukumat tomonidan alohida komissiya tuzildi. Tayyorlangan hisobotga koʻra, Respublika Xalq partiyasi deputatlar guruhining 1939-yil 17-yanvardagi yigʻilishida maqbara majmuasini Rasattepeda qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan soʻng 1941-yil 1-martda binoning loyihasini tayyorlash uchun xalqaro loyiha tanlovi oʻtkazilishi eʼlon qilindi va maqbara qurilishi kerak boʻlgan hududlarda qurilishga qadar boʻlgan tekshiruv ishlari oʻtkazildi. 1942-yil 2-martda tanlov yakunlandi va baholashlar natijasida Emin Onat va Orhan Ardaning loyihasi baʼzi oʻzgarishlar bilan amalga oshirilishiga qaror qilindi va qurilish 1944-yil 9-oktabrda oʻtkazilgan tamal toshi qoʻyish marosimi bilan boshlandi. Maqbara qurilishi toʻrt qismga boʻlib amalga oshirildi va baʼzi muammolar va kamchiliklar tufayli rejalashtirilgan vaqtdan kechroq, 1953-yil oktabr oyida yakunlandi. hatto, qurilish ishlari davom etayotgan bir vaqtda ham, loyiha rejalari bir necha marta oʻzgartirildi. 1953-yil 10-noyabrda Atatürkning jasadi ushbu majmua hududiga koʻchirib kelindi va maqbaraga dafn etildi. Keyinchalik boshqa siyosatchilar ham ushbu majmuaga dafn etilishdi. Jumladan, 1966-yilda Cemal Gürsel, 1973-yilda İsmet İnönü va boshqa shaxslar. Ammo 1988-yil Kenan Evren „Anıtkabir Atatürk uchun, qabriston boʻlishi mumkin emas“, deb aytdi va Cemal Gürsel va 1960-1963-yillarda dafn etilgan yana oʻn bir kishining jasadlari Anıtkabirdan olib tashlandi.

Anitkabir majmuasining asosiy qismi Şeref Holü deb ataladi va u yerda Atatürkning qabr toshi joylashgan boʻlib, Mustafa Kemalning jasadi ushbu qabr toshning ostida joylashgan. Majmuaga kirish "Aslanlı Yol" deb nomlangan ikki tomoniga daraxtlar ekilgan yoʻldan boshlanadi va bu yoʻl marosimlar oʻtkaziladigan toʻrtburchaklar maydonga olib boradi. "Aslanlı Yol"ning toʻrt tomoni marosim maydonining chiqish qismi va burchaklari, 10 ta minora, 2 ta haykallar majmuasi va Atatürk ve Kurtuluş Savaşı muzeyidan iborat. Anıt Bloku (maqbara bloki) deb nomlangan ushbu inshootlarning barchasi Tinchlik parki (Barış Parkı) deb nomlangan oʻrmonli maydon bilan oʻralgan. Maqbaraning temir-betonli qismida marmar va ohaktoshli tufdan keng foydalanilgan. Ikkinchi milliy arxitektura harakati uslubida qurilgan binoda, bugungi Turkiya hududida mavjud boʻlgan tarixiy Xett podsholigi, Qadimgi Yunoniston, Saljuqiylar va Usmonlilar davlatlari meʼmoriy maktabidan foydalanilgan.

Anitkabirdagi barcha xizmat va ishlarning olib borilishi Turk Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga tegishli boʻlib, majmuada oʻtkaziladigan faoliyatlar qonun bilan tartibga solinadi. Har yili Turkiyada milliy bayramlar va Ataturk vafoti munosabati bilan 10-noyabr kuni hukumat tomonidan Anitkabirda rasmiy xotirlash marosimlari oʻtkaziladi. Anitkabir chet el hukumati vakillarining Turkiyaga rasmiy tashriflarida vaqti-vaqti bilan tashrif buyuriladigan va rasmiy marosimlar oʻtkaziladigan joydir.

Tarix

Maqbara joylashuvini aniqlash thumb|250px|Anıtkabir qurilishidan oldin Rasattepedan koʻrinishi 1938-yil 10-noyabrda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafa Kemal Atatürk Dolmabahçe saroyida vafot etganidan soʻng, matbuotda uning dafn etiladigan joyi haqida koʻplab munozaralar boshlanib ketdi. Hukumat tomonidan 13-noyabr kuni amalga oshirilgan matbuot yigʻilishida, Atatürk uchun maqbara qurilganiga qadar uning jasadi Turkiya Etnografiya muzeyida qolishi haqida qaror qabul qilingani eʼlon qilindi. Uning janozasi 19-noyabr kuni Anqara shahriga olib borildi va 21-noyabr kuni boʻlib oʻtgan tantanali marosim bilan muzeyga qoʻyildi.

Maqbaraning joylashishini aniqlash uchun tuzilgan komissiya xorijlik arxitektorlar hayʼatining fikrini oʻrganib, hisobot tayyorladi. 24-dekabr kuni Vazirlar Kengashi mazkur hisobotni tekshirish uchun Respublika Xalq partiyasi deputatlik guruhiga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1939-yil 3-yanvarda boʻlib oʻtgan parlament guruhi yigʻilishida tegishli hisobotni tekshirish vazifasi yuklangan 15 kishidan iborat Respublika Xalq partiyasidan komissiyasi tuzildi. Koʻplab hududlarda tekshirishlarni amalga oshirgan hay’at, maqbaraning qurilish joyi sifatida Anqara shahrining Çankaya tumanida joylashgan Rasattepeni belgiladi. Birinchi bosqichda maqbara quriladigan yerning bir qismi xususiy shaxslarga tegishli boʻlganligi sababli, 1939-yil iyun oyida hududni davlat hisobiga sotib olish boshlandi.

Loyiha bosqichi thumb|Tanlov natijasida hisobga olingan Anitkabir loyihasining maqbara qismining birinchi varianti thumb|Loyihaning birinchi variantidagi Şeref Holü (Sharaf zali) koʻrinishi Respublika Xalq partiyasi deputatlaridan tashkil topgan va Anitkabir quriladigan yerlarni oʻzlashtirish vazifasi yuklangan hay’at 1939-yil 6-oktabrda Anitkabir loyihasini amalga oshiradigan meʼmorlarni aniqlash uchun xalqaro loyiha tanlovi tashkil etishga qaror qildi. Hay’at tomonidan 1941-yil 18-fevralda eʼlon qilingan bildirishnoma bilan 1941-yil 31-oktabrda yakunlanadigan loyiha tanlovini tashkil etishga qaror qilinganligi eʼlon qilindi. Tanlov 1941-yil 1-mart kuni boshlandi. Shartnomaga koʻra, kamida uch kishidan iborat hakamlar hay’ati birinchi oʻrin uchun hukumatga uchta loyiha taklif qiladi va hukumat shu loyihalardan birini tanlaydi. Ushbu tanlov reja boʻyicha 1941-yilning oktabr oyida tamomlanishi kerak edi, ammo hakamlar hay’ati loyihani kim yutganligini baholay olmagani uchun 25-oktabrda loyiha 1942-yil 2-martga qadar uzaytirildi. Tanlov davom etayotgan vaqtda Ivar Tengbom, Károly Weichinger va Paul Bonatz hakamlar hay’atiga qoʻshilgan boʻlsa, Arif Hikmet Holtay, Muammer Çavuşoğlu va Muhlis Sertel tanlov yakunlanganidan soʻng, hakamlar hay’atiga qoʻshilgan.

Ushbu tanlovga Turkiyadan 25 ta, Germaniyadan 11 ta, Italiyadan 9 ta, Avstriya, Chexoslovakiya, Fransiya va Shveysariyadan 1 ta jami 49 ta loyiha yuborildi. Turli sabablarga koʻra diskvalifikatsiya qilingan loyihalardan soʻng, 1942-yil 11-martda hakamlar hay’atiga baholanishi kerak boʻlgan 47 ta loyiha taqdim etildi. 21-mart kuni oʻz ishini yakunlagan hakamlar hay’ati baholarini oʻz ichiga olgan hisobotni Vazirlikka taqdim etdi. Hukumat taklif etilgan hisobotdan Johannes Krüger, Arnaldo Foschini va Emin Onat bilan Orhan Ardaning loyihalarini tanlab oldi. Har uchala loyiha ham toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish uchun mos emasligi, ularni qayta koʻrib chiqish va ayrim oʻzgartirishlar kiritish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, Hamit Kemali Söylemezoğlu, Kemal Ahmet Arû bilan Recai Akçay, Mehmet Ali Handan bilan Feridun Akozan, Giovanni Muzio, Roland Rohn va Giuseppe Vaccaro bilan Gino Franzining loyihalariga ham faxriy yorliqlar berish kerakligi aytib oʻtildi. Tayyorlangan hisobotning qisqacha mazmuni 23-mart kuni Vazirlik tomonidan jamoatchilikka bildirildi.

Prezident İsmet İnönü raisligida 7-may kuni yigʻilgan Vazirlar Kengashida Onat va Ardaning loyihasi tanlov gʻolibi sifatida eʼlon qilindi. Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan tavsiya etilgan qolgan ikkita loyiha ikkinchi oʻringa loyiq deb topilgan boʻlsa, yana beshta loyiha faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ammo hukumat hech bir loyiha amalga oshirilmasligini aytib oʻtdi. Hukumatning 9-iyun kungi bayonoti bilan bu qaror oʻzgartirildi va Onat va Ardaning loyihasi baʼzi oʻzgarishlardan soʻng amalga oshirilishi maʼlum qilindi. Ammo koʻplab tanqidlar ham boʻlib oʻtdi. 1943-yil 5-aprelda Bosh vazirlik Onat va Ardaga hakamlar hay’atining tanqidiga binoan olti oy ichida yangi loyiha tayyorlashlari kerakligini maʼlum qildi. Bosh vazirlik Anitkabir komissiyasi 1943-yil 18-noyabrdagi qarori bilan ikkinchi loyiha amalga oshirilishiga qaror qilindi. Qurilish ishlarini olib borish vazifasi 20-noyabr kuni Jamoat ishlari vazirligiga berildi. Ushbu qarordan keyin Onat va Arda tomonidan kiritilgan oʻzgarishlar bilan yaratilgan uchinchi loyiha, 1944-yil 4-iyulda meʼmorlar va vazirlik oʻrtasida imzolangan shartnoma bilan amalga oshirish bosqichini boshladi. Qurilish bosqichi Birinchi va ikkinchi bosqich thumb|left|180px|Tamal qoʻyish marosimida tuproqni ilk qazigan Şükrü Saracoğlu (1944-yil 9-oktabr) Anıtkabir qurilgunga qadar Rasattepe daraxti boʻlmagan taqir yer edi. Qurilish poydevori qoʻyilmasidan oldin, 1944-yil avgust oyida hududni oʻrmonlashtirish uchun 80,000 liralik suv taʼminoti yaxshilash ishlari olib borildi. Anitkabir va uning atrofini landshaft rejalashtirish ishlari 1946-yilda Sadri Aran rahbarligida boshlangan. Aran tomonidan tayyorlangan reja asosida olib borilgan koʻkalamzorlashtirish ishlari doirasida daraxt oʻstirish, tuproqni tekislash, koʻchat oʻtqazish ishlari olib borilib, 1953-yilda maqbara ochilganidan keyin ham daraxt ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari muntazam davom ettirildi.

Xayri Kayadelenga tegishli Nurhayr kompaniyasi 1944-yil 4-sentabrda Jamoat ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan qurilishning birinchi qismi uchun tenderda gʻolib chiqdi va qurilish maydonchasidagi tuproq tekislash ishlarini va koʻkalamzor devor qurilishini oʻz ichiga oladi. 1944-yil 9-oktabrda oʻtkazilgan Anitkabirning poydevor qoʻyish marosimida bosh vazir, vazirlar, fuqarolar va harbiy byurokratlar ishtirok etdi. 12-oktabr kuni hukumat Anitkabir qurilishi uchun mablagʻ ajratish qonun loyihasini tayyorladi. Vazirlik tomonidan 1-noyabr kuni parlamentga taqdim etilgan qonun loyihasiga koʻra, Jamoat ishlari vazirligiga 1945-1949-yillar oraligʻida har yili 2.500.000 liragacha mablagʻ ajratildi. Parlamentning Byudjet qoʻmitasida 18-noyabr kuni muhokama qilingan va qabul qilingan qonun loyihasi 22-noyabr kuni parlament Bosh assambleyasida qabul qilingan va T.C. Resmî Gazeteda eʼlon qilinganidan keyin kuchga kirdi.

thumb|240px|1944-yildagi Anıtkabirning maketi. Maqbaraga joylashtirilishi rejalashtirilgan, biroq, oʻzgarishlardan keyin olib tashlangan bino qismi ham mabjud

Dastlab qurilishning nazorati va muhandislik xizmatlari Jamoat ishlari vazirligiga qarashli Qurilish ishlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa-da, 1945-yil may oyi oxirida Orhan Ardaga qurilishni nazorat qilish va davomli qurilish ishlarini boshqarish vazifasi yuklatildi. Dastlab qurilish boshligʻi sifatida Ekrem Demirtaş keltirildi. U ishdan olingach, Ekremning vazifasi Sabiha Güraymanga topshirildi. 1945-yilda qurilishning birinchi qismi yakunlanar ekan, Turk tarixi uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan qazishmalarda koʻp tarixni boshidan kechirgan Rasettepe hududidan Friglar davriga oid arxeologik topilmalarga duch kelindi.

Rar Turk nomli shirkat maqbara va tantanalar maydoni atrofidagi binolarni oʻz ichiga olgan qurilishning ikkinchi bosqichi uchun 1945-yil 18-avgustda oʻtkazilgan tenderda gʻolib chiqdi. 1945-yil 20-sentabrda vazirlik va shirkat oʻrtasida shartnoma imzolandi. Qurilish yerida tuproq ishlari, poydevor qismini boshlash, temir-beton ishlari amalga oshirilib, ikkinchi bosqich kechroq, 1947-yilda boshlandi. Anitkabir qurilishida foydalaniladigan tosh va marmarlar mamlakatning turli hududlaridan keltirildi. Qurilish uchun mamlakatda yetarli darajada tosh ishlab chiqarish mavjud emasligi sababli, butun Turkiya boʻylab yangi karerlar qidirildi va aniqlangan karerlarni ochish bilan bir qatorda toshlarni qazib olish uchun ham ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi.