"Yevropa sugʻurtasi" () 2012-yil martigacha tashkilot Yevropa sugʻurta qoʻmitasi (yoki Yevropaning sugʻurta boʻyicha qoʻmitasi, shuningdek, Yevropa sugʻurtachilar qoʻmitasi — , Yevropadagi 37 ta milliy sugʻurta va qayta sugʻurta assotsiatsiyasini birlashtirgan xalqaro tashkilot. 1953-yilda tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Belgiyaning Bryussel shahrida joylashgan. „Yevropa sugʻurtasi“ oʻzida 34 ta milliy sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilar assotsiatsiyasini birlashtiradi, bu Yevropada yigʻilgan barcha sugʻurta mukofotlarining 95% ni tashkil qiladi .

„Yevropa sugʻurtasi“ ning asosiy vazifasi barcha turdagi sugʻurta va qayta sugʻurtalash kompaniyalarining manfaatlarini ifodalash hamda faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga, komissiya quyidagi vazifalarni ham bajaradi:

Sugʻurta nazariyasi va amaliyoti boʻyicha maʼlumotlar taqdim etish; Sugʻurta va qayta sugʻurtalash sohasigi oid ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish; Ishtirokchi davlatlarning milliy qonunchiligini uygʻunlashtirish; Xalqaro tashkilotlarda qo‘mita aʼzolarining manfaatlarini himoya qilish.

„Yevropa sugʻurtasi“ doirasida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar ishlaydi ():

hayot sugʻurtasi; „hayotdan tashqari“ sugʻurta — hayot sugʻurtasi bilan bogʻliq boʻlmagan sugʻurta turlari; tibbiy sugʻurta; xalqaro munosabatlar va qayta sugʻurtalash; oʻzaro sugʻurta; iqtisodiyot va moliya; soliqqa tortish; statistika; ijtimoiy munosabatlar va taʼlim.

Oliy organ — yillik Bosh Assambleya hisoblanadi.

Butunrossiya sugʻurtachilar ittifoqi 2004-yilda Yevropa sugʻurta qoʻmitasiga aʼzo boʻlgan.

Havolalar

Yevropa sugʻurtasi (Insurance Europe) — matbuot portreti Arxivnaya kopiya Yevropa sugʻurta qoʻmitasi — matbuot portreti Arxivnaya kopiya

Manbalar

Turkum: alifbo tartibida tashkilotlar Turkum: 1953-yilda tashkil etilgan tashkilotlar Turkum:sug'urta tashkilotlari va uyushmalari Turkum: Yevropa xalqaro tashkilotlari