"Ommaviy mulk kuni" ( — 2004-yildan buyon har yili 1-yanvarda nishonlanadigan xalqaro norasmiy bayramdir.

Bayram sanasi 1-yanvar boʻlishiga sabab shuki, koʻpgina mamlakatlar qonunchiligiga binoan yangi yilning birinchi kunida mualliflik huquqi poyoniga yetadigan asarlar jamoat mulkiga oʻtkaziladi

. 2019-yilgacha AQSh istisno edi, chunki bu mamlakatda shu yilgacha nashr etilgan birorta asar jamoat mulkiga aylanmagan. Buning sababi himoya shartlari muddati oʻtishining oʻziga xosligi va 1996-yilda xorijiy asarlarni himoya qilish muddatining retroaktiv tiklanishi edi. thumb|Jamoat mulki kuni 2022 logotipi Bayram haqida ilk eslatma 2004-yilda boshlangan va kanadalik faol Uolles Maklin nomi bilan bogʻliq (). Uning gʻoyasini huquq professori, Creative Commons notijorat tashkiloti asoschisi Lourens Lessig qoʻllab-quvvatladi. Keyinchalik, tashabbus boshqa faollar, notijorat tashkilotlar va Internet loyihalari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

2010-yil 1-yanvardan buyon Public Domain Day veb-saytida asarlari jamoat mulkiga aylanuvchi mualliflaring har yilik roʻyxati eʼlon qilinadi.

2011-yil yanvar oyida The Open Knowledge Foundation notijorat tashkiloti The Public Domain Review (inglizchadan — "Ommaviy domen soʻrovi" „Ommaviy mulk sharhi“), onlayn jurnalini ishga tushirdi.

2012-yili ushbu kun Polsha, Shvetsariya, Isroil, Makedoniya, Italiya va Fransiya davlatlarida ham nishonlandi.

Manbalar

Havolalar

Bayramning rasmiy sayti. Creative Commons rasmiy veb-saytidagi Public Domain Day sahifasi. Jamoat mulki sharhi. 2014-yil 1-yanvarda jamoat mulkiga nima kirishi mumkin edi?.

Turkum:Intellektual mulk faolligi