Dinara Alijanovna Yoʻldosheva (1952-yil, 1-noyabr, Toshkent) — oʻzbek dramaturgi, teatr va qoʻgʻirchoq teatri rejissori.

Tarjimai hol Dinara Yoʻldosheva 1952-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida ijodkorlar oilasida dunyoga keladi. Buvisi Nazira Aliyeva, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston san’at va teatr institutida sahna nutqi oʻqituvchisi.

U 1974-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatr tanqidchisi fakultetini tamomlagan. 1983-1988-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining boshlangʻich ta’lim uslubchisi ixtisosligi boʻyicha tahsil olgan.

1976-yildan 1986-yilgacha u yoshlar teatrida adabiyot boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1991-yilda Respublika qoʻgʻirchoq teatrida dastlab adabiyot boʻlimi boshligʻi, 2008-yildan postanovkachi-rejissor sifatida, 2019-yildan esa Davlat qoʻgʻirchoq teatri bosh rejissori lavozimlarida ishlab kelgan.

Sahnalashtirilgan spektakllari

“Quvnoq Balagʻanchiq” (rej. F.Xoʻjayev, D.Yoʻldosheva, 1997-yil) “yana Andersen” (oʻzbek, rus, ingliz, 2002-yil) “Kim mushuk boʻldi?” (2002-yil) Shelkunchik (rej. F.Xoʻjayev, D.Yoʻldosheva, 2008-yil) Qizil qalpoqcha (2008-yil) Yulduzli bola (2008-yil) Semurgʻ (2009-yil) "Soya" (2010-yil) “Eh, bu Xoʻja Nasriddin” (2011-yil) “Baxram merosi” (“Sirli oʻgʻirlanish”, 2012-yil) "Dyumchaxon" (2014) “Oʻyinqaro quyoncha” (“Buka” qissasi asosida, 2015-yil) "Quyosh va qor odamlari" (2016-yil) "Soya" (qayta tartibga solingan, 2017-yil) "Qani olgʻa Misik!" (2017-yil) “Mazl va Shlimazl” (2019-yil)

Oilasi Oliy xalq raqs va xoreografiya maktabi dosenti Tohir Yoʻldoshev bilan oila qurgan. Ayni kunda uch nafar farzandi bor: Nodira (A.Navoiy nomidagi Opera va balet teatri rejissori), Shuhrat (“ZOR” TV telekanali bosh rejissori) va Shavkat "Unique present" mediaxoldingida operator va montaj rejissori). Renata va Dinaralarning suyukli buvijonisi.

Havolalar

http://www.kultura.uz/view_4_r_1472.html Архивная копия -da arxivlangan http://mytashkent.uz/2009/10/24/zdes-zhivet-skazka/ Архивная копия http://uzbekistan.nsk.ru/index.php?option=com_content&view=article&catid=1:2010-03-12-13-22-28&id=1821:-----75-- http://www.vesti.ru/doc.html?id=102830 Архивная копия http://uz2002.ru/i-snova-skazka-andersena Архивная копия

Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:11-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Oʻzbekiston dramaturglari Turkum:Oʻzbekiston teatr rejissyorlari