Sindhilar, shuningdek, sindi (Sindhi) — asosan Pokistonning tarixiy Sind mintaqasida, shuningdek Hindistonda yashovchi xalq. Ularning soni 60 millionga yaqinligi aytiladi.
Sindhilarning oʻz tili bor — sindhi, ularning koʻpchiligi Islom dining sunniy aqidasiga eʼtiqod qiladi, shuningdek, zardushtiylik, hinduizm, sikxizm va nasroniylikni qabul qilganlar ham bor.Ethnologue report for India, Hind sindhlari asosan hinduiylik dini vakillaridir. 1947-yilda Hindiston boʻlinib, Hindiston va Pokiston tashkil topganidan soʻng, Hindistondan muhojir-migrantlarning katta guruhi Pokistonga, shu jumladan, Sindga koʻchib oʻtgan.K. Kesavapany, A. Mani, Palanisamy Ramasamy. Rising India and indian communities in East Asia / Institute of Southeast Asian Studies Shuningdek, Sindda yashovchi hindularning bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi.
Tarixi Hind daryosi vodiysining eng qadimgi xalqlaridan biri. Sindhilar madaniyatiga ularning hududiga oʻzdavrida bostirib kirgan yunonlar va makedoniyaliklar, saklar va oq xunnlar (eftalitlar), arablar, forslar, turklar, afgʻonlar va boshqa xalqlar maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan.
Madaniyati Sindhilarning aksariyati dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan shugʻullanadi. Ayrimlari sanoat sohalarida band.
Sindhilar Yangi yilni Chaitra bayramining ikkinchi kuni nishonlaydi.
Manbalar
Adabiyotlar
Janubiy Osiyo xalqlari. / Ed. N. R. Guseva va boshqalar — M. : SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti, 1963-yil. TSB.