8-Mart koʻchasi — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan koʻchalaridan biridir. 8-Mart koʻchasi Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan boʻgliq boʻlib nomlangandir. Koʻcha Inqobod mahallasining Mirobod tumanida joylashgan.
Tarixi va nomi Koʻchaning nomi Xalqaro xotin-qizlar kun bayramiga bagʻishlanib nomlangan. Ayollar uchun maxsus bir kunni tanlash haqida ilk bor 1909-yilda soʻz yuritilgan. Bu tashabbusni AQSH sosialistik partiyasi ilgari surgan. Biroq 1910-yilda Daniya poytaxti Kopengagenda boʻlib oʻtgan sosialist ayollar konferensiyasida germaniyalik Klara Setkin ayollar uchun biror kunni belgilash tashabbusi bilan chiqadi va bu qoʻllab-quvvatlanadi. Ammo ma’lum bir sana tanlanmaydi.
8-Mart koʻchasida 21-iyulning 1961-yilida 13-raqamli tramvay liniyasi qurilgan edi. Ammo koʻchadan keyinchalik tramvay yoʻli olinib tashlandi va 2015-yilda 13-tramvay yopildi. Bir yil oʻtib esa Toshkentda 2-may kuni tramvay liniyasi yopildihttps://www.gazeta.uz/ru/2015/07/31/lucky-13/.
29-aprelning 2019-yilida soat 10:00dan 19:00gacha Toshkentning ayrim tumanlarida va koʻchalarida gaz oʻchirildi. Shu jumladan 8-Mart koʻchasida joylashgan binolar ham gazsiz qoldihttps://www.gazeta.uz/ru/2019/04/28/gas/.
COVID-19 pandemiyasi vaqtida 8-Mart koʻchasida joylashgan 5-son Tumanlararo ftiziatriya dispanserida kechayu kunduz ishladi va koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qildihttps://podrobno.uz/cat/obchestvo/v-kazhdom-rayone-tashkenta-zarabotali-spetsialnye-kruglosutochnye-koronavirusnye-polikliniki-spisok-/.
Tavsifi Koʻcha janubiy-sharqdan, yaʼni Eski Sarikoʻl koʻchasidan boshlanib Fargʻona Yoʻligacha yakunlanadi. Koʻchadan Surxon koʻchasi, Sumbula koʻchasi, Hamal tor koʻchasi, Vodil koʻchasi va Sayhun koʻchasi oʻtadi.
Mashhur binolar va inshootlar Juft tomondan "Topchan" hosteli 104-uyda joylashganhttp://topchan-hostel.com/. Toq tomondan 5-son Tumanlararo ftiziatriya dispanseri 59-uyda joylashganhttps://orginfo.uz/organization/e66219885bf2. Toshonmazservis Qk qurilish mollari bozori 53-uyda joylashgan.
Manbalar
Turkum:Toshkent koʻchalari