Seyfeddin Süleyman Bey () — Karamanoğulları bekligida 1356-1361-yillar orasida hukmronlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblanganTDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28, sayfa: 445Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460...
Seyfeddin Süleyman Bey amakisi Musa Beyning davrida Ermenek voliysi edi. Amakisining vafotidan soʻng 1356-yilda taxtga beklik oʻtirgan. Ukasi Alâeddin Ali Beyni Ermenekka voliy etib tayinladi. Ukasi, shuningdek, urushlarda qoʻmondon boʻlib xizmat qilgan. U 1361-yilda sobiq askarlaridan birining dafn marosimiga ketayotganda oʻldirilgan. Manbalar
Turkum:Karamanoğulları bekligi Turkum:1361-yilda vafot etganlar