Smorrebrod ( — "saryogʻ surtilgan non'"Ordbog over det danske sprog. Opslag på Smørrebrød.) — sendvich koʻrinishidagi Daniya anʼanaviy taomidir. Odatda „rugbrod“ deb ataladigan qora non boʻlagiga sariyogʻ, margarin surtib, ustidan yogʻ, salat, tovuq, tunes baligʻi, mol goʻshti, pomidor va boshqa mahsulotlar terib chiqiladi. Ushbu gazakning hududlardan kelib chiqib turli koʻrinishi mavjud. Xususan bodring, ikra va boshqa ingredientlar qoʻshiladigani . Smorrebrod odatda pichoq va vilka bilan yeyiladi.
Dastlab, bu taomning ichiga pishloq va kolbasa solingan. Uning oʻzi esa tushlik tanaffuslarida xodimlar isteʼmol qiladigan gazak boʻlgan. Smorrebrod 1880-yillarning boshlarida, Kopengagendagi kichik restoranlarda paydo boʻla boshlaganidan soʻng mashhurlikka erishdi. Daniya taomlanish marosimiga koʻra, smorrebrodlarni vilka va pichoq yordamida avval baliq, keyin goʻsht, keyin pishloq bilan ketma-ketlikda isteʼmol qilish kerakTatyana Solomonik. Yevropeyskaya shkatulka.
Manbalar
Adabiyotlar
Erhard Gorys. Smørrebrød // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 505. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9. Charles Sinclair. smørrebrød // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 536. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.
Havolalar
Die Welt: Bizning non va yogʻimiz Daniyadan raqobatchi topadi ) Turkum:bolalar oshxonasi Turkum: Sandviçlar