thumb|250x250px| Xoʻjayin kuni uchun sharlar Xoʻjayin kuni yoki boshliq kuni ( yoki Bosses Day) — brigadirdan tortib mamlakat prezidentigacha boʻlgan barcha darajadagi jamoalar rahbarlari uchun kasb bayrami. Ushbu sana har yili 16-oktabrda nishonlanadi.

"Xoʻjayin kuni"ning tarixi va nishonlanishi Barcha darajadagi rahbarlar uchun ushbu kasb bayramini oʻtkazish gʻoyasi Amerika Qoʻshma Shtatlariga tegishli ekanligi umumiy qabul qilinadi. Aksariyat internet portallari 1958-yilda bu bayramni har yili oʻtkazish tashabbusi bilan chiqqan Chikago shahridan boʻlgan amerikalik Patrisiya Beyz Xaroski ekanligini taʼkidlamoqdaPatritsiya Xaroski. Shuningdek, 1958-yilda Patrisiya Beyz Xaroskiy AQSh Savdo Palatasida „Xoʻjayin kuni“ ni roʻyxatdan oʻtkazdi. Balki Patrisiyaga ustunlik berilganining sababi, uning tashabbusi birinchi marta rasmiy shaxs tomonidan eshitilganidadir, chunki 1962-yilda Illinoys gubernatori uning gʻoyasini yoqtirgan va u dunyoda birinchi marta bu sanaga rasmiy maqom berganDen Shefa (Den Bossa) — 16-oktabrya. Istoriya i osobennosti prazdnika v proekte Kalendar Prazdnikov 2010.

16-oktabrni Patrisiya Xaroski tasodifan tanlamadi: u „State Insurance“da otasining kotibi boʻlib ishlagan, uning tugʻilgan kuni aynan oʻsha kuni edi.

„Xoʻjayin kuni“ tezda sayyoramiz boʻylab tarqaldi va bugungi kunda u nafaqat AQShda, balki Buyuk Britaniya, Avstraliya va Janubiy Afrikada ham nishonlanadi.

Manbalar

Yana qarang Yer usti, suv osti va havo kemasi qoʻmondoni kuni Havolalar Holiday Insights: Boss' Day «День Босса» — истоки праздника Торговая палата США Turkum:Kasb bayramlari Turkum:Xalqaro kunlar Turkum:Alifbo boʻyicha bayramlar Turkum:16-oktabr bayramlari