Lev Grigorevich Belov (asl familiyasi Pevzner; 1919-yil 23-dekabr, Toshkent — 1996-yil 1-avgust, Vladimir) — rus sovet yozuvchisi va jurnalisti, hajviy-nasr va bolalar fantastikasi janridagi asarlari bilan mashhurBYeLOV (PYeVZNYeR) Lev Grigorevich Centrasia.org.
Tarjimai holi 1919-yil 23-dekabrda Toshkent (Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi poytaxti, hozirgi Oʻzbekiston) shahrida tugʻilgan.
1943-yilda 2-Kiyev artilleriya bilim yurtini tamomlagan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Ikkinchi darajali Vatan urushi ordeni hamda yettita medal bilan taqdirlangan.
1950-yilda Toshkent kechki pedagogika institutini tamomlagan. 1972-yildan SSSR Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
1990-yildan buyon Toshkentda yashab, keyin Vladimirga koʻchib ketadi. 1946-yildan boshlab ijod qila boshlagan. Uch yuz ellikdan ortiq felyeton, bir necha oʻnlab hikoyalarni chop ettirgan.
Bibliografiyasi
1961-yilda „Qaynona tili“, hikoya 1962-yilda „Qoʻrqinchli yolgʻon“, hajviy qissa 1965-yilda „Ii gʻorni tark etishdi“, hajviy-sarguzashtli qissa 1965-yilda „Kamtar daho“, satirik qissa 1973-yilda Tamtalov azoblari, hajviy roman 1975-yilda „Bu yaramas Nogotkov“ (1975), „sof fantastik“ roman, fantastika janrida „Beton va yurak“ (1982), hajviy roman Perashka uchun eliksir „Tebranayotgan harf“, hikoya „Nozik tuygʻu“, hikoya „Birinchi mijoz“, hikoya „Yarim tayyor mahsulot“, hikoya Yuz oʻn sakkizinchi qoʻshiq, hikoya „Yupiterga nima ruxsat berilgan“ hikoyasi
Manbalar
Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:Rossiya yozuvchilari Turkum:SSSR jurnalistlari Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Rossiyalik jurnalistlar