136472 Makemake — Quyosh tizimidagi kattaligi jihatidan uchinchi oʻrinda turuvchi karlik sayyora. Ikkinchi eng katta Koyper belbog'i obyekti. Diametri Pluton diametrining taxminan 60 % ni tashkil qiladi. Makemakeda eng past oʻrtacha harorat taxminan 40 K (−230 °C) boʻlib, uning yuzasi metan, etan va ehtimol azotli muzlar bilan qoplangan. Uning bitta tabiiy yoʻldoshi maʼlum. Makemake 2005-yilning 31-martida M. E. Braun boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan kashf etilgan va 2005-yilning 29-iyulida keng ommaga eʼlon qilingan. U avval 2005 FY 9 nomi bilan atalgan. Keyinchalik 136472 kichik sayyora raqami berilgan. Mitti sayyoraga 2008-yil iyul oyida Pasxa orolining Rapa Nui mifologiyasidagi xudo Makemake sharafiga shu nom berilgan.
Tarixi
Kashf etilishi thumb|left|Rassom asari — qizgʻish yuzasi va oy bilan tasvirlangan mitti sayyora Makemake talqini
Makemake mitti sayyorasi 2005-yil 31-martda Maykl E. Braun boshchiligidagi Palomar rasadxonasi jamoasi tomonidan topilgan va 2005-yil 29-iyulda ommaga eʼlon qilingan. Yorqin obyektlar Makemake va Eridaga doir keyingi kuzatishlar va hisob-kitoblar tugaguniga qadar jamoa oʻz kashfiyotini eʼlon qilishni kechiktirmoqchi edi. Lekin, uning ikkisi ham bizga maʼlum sanada eʼlon qilindi. 29-iyul kuni ular kuzatgan yana bir yirik obyekt, Xaumea mitti sayyorasi topilgani 27-iyul kuni Ispaniyadagi boshqa jamoa tomonidan munozarali tarzda eʼlon qilindi. Makemake mitti sayyorasini oʻrganishning dastlabki kuzatuvlari 1955-yil 29-yanvardan 1998-yil 1-maygacha boʻlgan vaqt oraligʻida Palomar rasadxonasining Osmonnni oʻrganish fotoplastinkalarida topilgan. Nisbatan yorqinligiga qaramay (Yorqinligi Plutonning beshdan bir qismiga teng), Makemake koʻplab zaifroq Koyper belbogʻi obyektlaridan keyin topilgan. Kichkina sayyoralarni qidirishda aksar holda ekliptikaga (Quyosh, Oy va sayyoralar Yerdan koʻrinib turganidek koʻrinadigan osmon mintaqasi) nisbatan yaqinroq oʻtkaziladi, chunki u yerda obyektlarni topish ehtimoli katta. Oldingi tadqiqotlar davomida u orbitaning nisbatan yuqori qismiga moyilligi va kashf etilgan paytda ekliptikadan eng uzoq masofada joylashgan Koma Berenitsa shimoliy yulduz turkumida boʻlgani sababli kashf etilishi choʻzilgan.
Nomlanishi 80px|frameless|left|🝼 Barcha yangi kashf etilgan astronomik obyektlar singari Makemakega dastlab vaqtinchalik belgi(nom) berilgan. Mitti sayyoraga kashfiyot ommaga eʼlon qilinganida 2005 FY 9 vaqtinchalik belgisi berilgan edi. Kashfiyot guruhi mitti sayyorani Pasxa bayramidan koʻp oʻtmay topganligi sababli obyekt uchun " Esterbunny " kod nomidan foydalanilgan. 2008-yil iyul oyida klassik Koyper belbogʻi obyektlari uchun Xalqaro Astronomiya Universtiteti qoidalariga muvofiq, 2005 FY 9 ga afsonaviy xudo nomi berildi. Rapa Nui afsonalarida insoniyat yaratuvchisi va unumdorlik xudosi Makemake nomi obyektning Pasxa bayrami bilan aloqasini saqlab qolish uchun tanlangan. Makemakening munajjimlar va NASA tomonidan qoʻllanadigan belgisi Denis Moskovits tomonidan ishlab chiqilgan.
Orbitasi
2019-yil aprel holatiga koʻra, Makemake Quyoshdan 52,5 astronomik birlik (7,85 milliard km) uzoqlikda joylashgan. Makemake Xaumea mitti sayyorasi orbitasiga juda oʻxshash orbita boʻylab harakatlanadi. Orbitasi yarim katta oʻq, ham perigeliyaga nisbatan Quyoshdan bir oz uzoqroq. Uning orbital davri 306 yilni tashkil etadi.. Yaʼni, uning orbital davri Plutonning va Xaumeaning orbital davridan koʻp. Makemake 2033-yilda afeliyasiga (yerga nisbatan oʻzining eng yaqin va eng uzoq nuqtasiga) erishadi.
Astronomik xususiyatlari thumb|left|Makemake (koʻrinib turgan kattaligi 16.9) IC 3587 galaktikasi bilan Makemake vizual jihatdan Plutondan keyin ikkinchi eng yorqin Koyper kamari obyektidir. U yetarlicha yorqin boʻlgani uchun yuqori darajadagi havaskor teleskop yordamida koʻrish uchun. Makemakening taxminiy diametri 1360–1480 km oraligʻida. Makemakening aylanish davri 22,83 soatga baholanmoqda. Bu aylanish davri mitti sayyora uchun nisbatan uzoq. Buning bir qismi Makemake tabiiy yoʻldoshidan toʻlqinlarning tezlashishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Taxminlarga koʻra, ikkinchi katta, hali ochilmagan sunʼiy yoʻldosh mitti sayyoraning uzoq aylanish davrini yaxshiroq tushuntirishi mumkin. Makemake yorugʻlik egri amplitudasi kichik, atigi 0,03 mag.
Spektri
Makemake ham Pluton singari koʻrinadigan spektrda qizil rangda koʻrinadi. Yorqin infraqizil spektr metan yutilish zonalarining mavjudligini bildiradi. Metan Pluton va Eridada ham kuzatiladi, ammo uning spektral belgisi ancha zaif. Makemake sirtining spektral tahlili shuni koʻrsatdiki, metan kamida bir santimetr kattalikdagi yirik donalar shaklida boʻlishi kerak. Metanga qoʻshimcha ravishda, koʻp miqdorda etan va tolinlar, shuningdek, kichikroq miqdordagi etilen, asetilen va yuqori massali alkanlar (masalan, propan) mavjud boʻlishi mumkin, ular quyosh nurlari taʼsirida metanning fotolizi natijasida hosil boʻladi.
Atmosferasi
Makemake atmosferasi Plutonnikiga oʻxshash, ammo atmosfera bosimi Plutonnikidan pastroq boʻlishi kutilgan edi. Biroq, 2011-yil 23-aprelda Makemake 18-magnitudali yulduz oldidan oʻtib, uning yorugʻligini toʻsatdan toʻsib qoʻydi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, Makemake hozir sezilarli atmosferaga ega emas va uning yuzasidagi bosimga 4-12 nanobar yuqori chegara qoʻygan. Yangi ufqlar tomonidan Pluton atmosferasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, gazning asosiy qismi azot emas, metan boʻlib, Makemakeda azot yoʻqligi sabablari murakkabroq boʻlishi mumkin.
Tabiiy yoʻldoshi thumb|upright=1.2|Makemake va uning sunʼiy yoʻldoshining ikkita surati 2015-yil aprel oyida Xabbl tomonidan ikki kun farq bilan olingan Shu kungacha Makemakening bitta tabiiy yoʻldoshi kashf etilgan. U mitti sayyoradan 21 000 km (13 000 milya) uzoqlikda joylashgan va diametri 175 km (110 mil) deb baholangan. +Makemake SystemNomiDiametri (km)Kashf etilgan sanasiMakemake≈ 143031-mart, 2005S/2015 (136472) 1≈ 17527-aprel, 2015
Tadqiqot thumb|upright=1.2|Makemake, qizil chiziqlar bilan koʻrsatilgan, 2007-yil oktyabr oyida Yangi ufqlar kosmik kemasi tomonidan tasvirga olingan Makemake 2007-yil oktyabr va 2017-yil yanvar oylarida Yangi ufqlar kosmik kemasi tomonidan mos ravishda 52 AU va 70 AU masofasidan kuzatilgan. Kosmik kemaning chiqish trayektoriyasi Makemakeni Yerdan olish mumkin boʻlmagan yuqori fazali burchaklarda kuzatish imkonini berdi, bu esa Makemake sirtining yorugʻlik tarqalish xususiyatlarini va fazaviy egri harakatini aniqlash imkonini berdi.
Manbalar
Havolalar
MPEC listing for Makemake AstDys orbital elementlari Orbital simulation from JPL (Java) / Ephemeris Press release dan William Herschel WHT va TNG Makemakening Plutonga oʻxshashligi haqida. Makemake Sky Charts and Coordinates
Turkum:Astronomiya Turkum:Karlik sayyora Turkum:Fizika Turkum:Tabiat