Arbil ( ,, shuningdek Hawler ( , yoki Arbel, ) — Iroqning Kurdiston viloyati markazi va eng yirik shahri. Shuningdek tarixiy manbalarda shahar Arbel nomi bilan ham uchraydi. Bugungi kunga qadar shahar aholisini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan va aholining aniq soni maʼlum emas. Shahar aholisining soni 1,600,000 atrofida deya taxmin etiladi.

Miloddan avvalgi 5-mingyillikda Arbil hududiga odamlar kelib oʻrnasha boshlagan. Shahar markazida qadimiy Arbil qal’asi va Mudafariya minorasi joylashgan. Mintaqaga oid eng qadimgi tarixiy maʼlumot Shumerning uchinchi Ur sulolasi davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, oʻshanda shoh Shulgi Urbilum shahri haqida taʼkidlagan. Keyinchalik shahar Ossuriya tomonidan bosib olingan.

Gutiylar tomonidan bosib olingandan soʻng Arbil miloddan avvalgi XXI asrdan miloddan avvalgi VII asrning oxirigacha Ossuriya podsholigining ajralmas qismiga aylangan va Ossuriya yilnomalarida Urbilim, Arbela va Arba-ilu kabi turlicha nomlar bilan maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng shahar bir qancha imperiyalar, shu jumladan, Midiya imperiyasi, Ahamoniylar davlati, Makedoniya imperiyasi, Salavkiylar davlati, Parfiya va Sosoniylar davlatining geosiyosiy ajralmas bir boʻlagi boʻlgan. Musulmonlar Forsni fath qilganidan soʻng, shahar endi eski mavqeini saqlab qola olmadi va oʻrta asrlarda Saljuqiylar imperiyasi va Usmonlilar imperiyasi tomonidan boshqarildiGeorges Roux — Ancient Iraq.

Arbil arxeologiya muzeyida islomgacha boʻlgan asarlar, xususan Mesopotamiya sanʼatining katta kolleksiyasi mavjud boʻlib, ushbu yer mintaqadagi arxeologik loyihalar markazi hisoblanadi. Shahar Arab Turizm Kengashi tomonidan 2014-yilda Arab turizm poytaxti sifatida eʼlon qilinganErbil named 2014 Arab Tourism Capital . Retrieved 30 January 2014. 2014-yil iyulda Arbil qal’asi Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan"Erbil: Kurdish City, Arab Capital", Rudaw. Retrieved 30 January 2014.

Etimologiya Klassik davrda Arbela (yunoncha: Ἄρβηλα; tarjima. Arbēla) nomi bilan mashhur boʻlgan shaharning qadimiy nomi qadimgi forscha Arbairā va oxir-oqibat Ossuriya tilidagi Arbailu nomiga borib taqaladi.

Demografiya Shahar aholisi asosan kurdlar va turkman ozchiligidan tashkil topganThe Kurdish Population by the Kurdish Institute of Paris, 2017 estimate.Central Statistics Agency — Home Page. Archived from the original on July 16th 2017. on the Wayback Machine website..

Turkman Arbil shahrida yashaydigan turkmanlarning soni 300,000 atrofida taxmin qilinadi. Ular asosan Arbil shahri markazidagi Taci, Mareke va Uch Tak mahallalarida, qal’a atrofida yashaydilar. Turkmanlar 2006-yilgacha deyarli 700 ta uyni oʻz ichiga olgan qal’aning Toʻpxona, Takya va Saroy mahallalarida yashaganlar. 2006-yilda qal’a boʻshatilib, qal’adagi turkmanlar boshqa mahallalarga koʻchirilgan. Turkmanlar KRG siyosiy institutlarida, jumladan parlamentda ishtirok etadilar.

Tarix thumb|left|1258-1259-yillarda moʻgʻul Hulokuiylar davlatining Arbil shahri qamali thumb|left|Arbil qalʼasi 2014-yilda UNESCO tomonidan Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan thumbnail|Arbil shahri chekkasida joylashgan Ankavadagi Avliyo Jozef xaldeylik katolik sobori

Qadimgi tarix Arbil shahri joylashgan hududlar miloddan avvalgi 3000-yillarda Shumerlar davlati tarkibiga kirgan. Keyinchalik butun Mesopotamiyani birlashtirgan Akkad davlati (m.a. 2335-2154) vujudga kelganidan soʻng, shahar ushbu davlat tarkibiga qoʻshib olindi. Bugungi kunda Ossuriya xalqi, akkad tilida soʻzlashuvchilarning avlodlari boʻlgan suriy tilida soʻzlashuvchi jamoa, Shimoliy Iroq, Suriyaning shimoli-sharqi, Turkiyaning janubi-sharqi va Eronning shimoli-gʻarbiy qismida ozchilikni tashkil qiladi. Ushbu aholining soni 3,3 million deb taxmin qilinadi.

Adabiy manbalarda Arbil haqida birinchi eslatma Sharqiy Somiy tilida soʻzlashuvchi Ebla qirolligi arxividan uchratilgan. Gutiylar qirolligining qiroli Erridupizir miloddan avvalgi 2150-yilda shaharni bosib oldi. Urning hokimi Amar-Sin miloddan avvalgi 1975-yilda shaharni egallaganTimeline ArbilCitadel.orq.

Arbil miloddan avvalgi 2050-yillardan boshlab Ossuriyaning ajralmas qismi boʻlib, imperiyaning miloddan avvalgi 612-599-yillar oraligʻida qulaganga qadar boʻlgan davrlarda: Eski Ossuriya imperiyasi (miloddan avvalgi 1975-1750), Oʻrta Ossuriya imperiyasi (miloddan avvalgi 1365-1050) va Yangi Ossuriya imperiyasi (miloddan avvalgi 935-605) vaqtida muhim shaharlardan biri hisoblangan. Biroq shahar milodiy VII asrning birinchi yarmigacha fors, yunon, parfiya, rim va sosoniylar hukmronligi ostida Ossuriya tarkibiga kirgan. Midiya davlati hukmronligi davrida Kiaksar qadimgi Eronning sagart qabilasidan boʻlgan bir qancha odamlarni Ossuriyaning Arbela va Arrafa (zamonaviy Kirkuk) shaharlariga joylashtirgan boʻlishi mumkin deya taxmin qilinadi, ehtimol bu ushbu qabilaga Nineviyani qoʻlga kiritishda Kiaksarga yordam bergani uchun mukofot boʻlgan. Klassik mualliflarning fikriga koʻra, Fors imperatori Kir II Buyuk miloddan avvalgi 547-yilda Ossuriyani egallab, uni Ahamoniylar davlati satrapligiga aylantirgan va eski forschada Aθurā (Athura) deb atagan va poytaxti Bobil boʻlganYarshater, Ehsan (1993). The Cambridge History of Iran, Volume 3. Cambridge University Press. p. 482. . Of the four residences of the Achaemenids named by Herodotus—Ecbatana, Pasargadae or Persepolis, Susa and Babylon—the last [situated in Iraq] was maintained as their most important capital, the fixed winter quarters, the central office of bureaucracy, exchanged only in the heat of summer for some cool spot in the highlands. Under the Seleucids and the Parthians the site of the Mesopotamian capital moved slightly to the north on the Tigris—to Seleucia and Ctesiphon. It is indeed symbolic that these new foundations were built from the bricks of ancient Babylon, just as later Baghdad, a little further upstream, was built out of the ruins of the Sassanian double city of Seleucia-Ctesiphon..

Miloddan avvalagi 331-yilda Makedoniyalik Iskandar Ahamoniylar davlatining soʻngi shahanshohi Doro III ni magʻlub etgan Gavgamela jangi, Urbano Montining xaritasiga koʻra, Arbil shahrida 100 kilometr gʻarbda boʻlib oʻtgan. Jangdan soʻng Doro III shaharga qochishga muvaqqat boʻlgan. Keyinchalik Arbela Makedoniyalik Iskandar imperiyasining tarkibiga qoʻshib olindi. Miloddan avvalgi 323-yilda Makedoniyalik Iskandar vafotidan keyin Arbela ellinistik Salavkiylar imperiyasi tarkibiga kirdi.

Arbil sosoniylar davrida Rim va Fors oʻrtasidagi bahsli hududning bir qismiga aylandi. Adiabene (Ossuriya Hadyabning yunoncha shakli) qadimgi Ashkenazi-Rifathean qirolligining markazi Arbil boʻlgan va shahar, qirollik oilasining yahudiy diniga oʻtishi bilan tarixda mashhur. Parfiya davridan sosoniylar davrining dastlabki davrigacha Arbil Adiabene davlatining Ashkenazi-Rifathean poytaxtiga aylandiIn the Targum to Jeremiah li. 27, Ararat, Minni, and Ashkenaz are paraphrased by Kordu, Harmini, and Hadayab, i.e., Corduene, Armenia, and Adiabene; while in Ezekiel xxvii. 23 Harran, Caneh, and Eden are interpreted by the Aramaic translator as "Harwan, Nisibis, and Adiabene.".

Keyinchalik shahar aholisi asta-sekin I-IV asrlar orasida qadimgi Mesopotamiya dinidan nasroniylikka oʻtdi, Pkidha milodiy 104-yilda shaharning birinchi yepiskopiga aylandi. Ammo qadimgi Mesopotamiya dini milodiy X asrga qadar mintaqada butunlay yoʻq boʻlib ketmadi. Arbeladagi Adiabene (Sharqiy Suriya cherkovi viloyati) oʻrta asr oxirigacha sharqiy suriyalik nasroniylikning markazi boʻlib qolgan.

Oʻrta asrlar tarixi Musulmonlar Forsni bosib olgandan soʻng, Arbil tarkibiga kirgan Naxwardašīragān va keyinchalik Garamig ud Nodardashiragan viloyati tugatildiGillman, Ian and Hans-Joachim Klimkeit. Christians in Asia before 1500. (Ann Arbor: University of Michigan, 1999) p. 33D. Sellwood, „ADIABENE,“ Encyclopædia Iranica, I/5, pp. 456-459 va VII asr oʻrtalaridan boshlab mintaqaga musulmon xalqlar, asosan arablar, kurdlar va turkiy xalqlar asta-sekin kirib keldi. Ushbu mintaqadagi eng koʻzga koʻringan mashhur kurd qabilasi Hadhabani boʻlib, X asrdan XII asrga qadar, Zangiylar hududni bosib olib, Begteginlarga berganiga qadar hukm surganlarV. Minorsky. Studies in Caucasian History III, Prehistory of Saladin. Cambridge University Press. 208 pp. 1953.Nováček, K., Amin, N., & Melčák, M. (2013). A Medieval City Within Assyrian Walls: The Continuity of the Town of Arbīl in Northern Mesopotamia. Iraq, 75, 1-42.. Yoqut al-Hamaviy Arbilni XIII asrda asosan kurdlar istiqomat qilgan deb taʼriflaganB. James. Le " territoire tribal des Kurdes " et l’aire iraqienne (xe-xiiie siècles): Esquisse des recompositions spatiales. Revue des Mondes Musulmans et de la Méditerranée, 2007. P. 101-126..

Moʻgʻullar Yaqin Sharqni istilo qilgan vaqtlarida, Arbilga birinchi marta 1237-yilda hujum qilganlar. Ular shaharning quyi qismini talon-toroj qilishdi, lekin yaqinlashib kelayotgan xalifalik qoʻshini oldida chekinishga va qal’ani egallashni toʻxtatishga majbur boʻldilar. 1258-yilda Huloku boshchiligidagi moʻgʻullar Bagʻdod xalifaligini bosib olgandan soʻng, Arbilni olti oy qamal qildilar va egalladilarJ. von Hammer-Purgstall. 1842. Geschichte der Ilchane, das ist der Mongolen in Persien, Volume 1. P. 159-161.. Keyin Huloku shaharga nasroniy ossuriyalik hokimni tayinladi va Suriya pravoslav cherkoviga cherkov qurishga ruxsat berdiJeremiah Curtin The Mongols: A history, p.184.

Vaqt oʻtishi bilan butun Hulokuiylar davlati boʻylab nasroniylar, yahudiylar va buddistlarga qarshi doimiy taʼqiblar 1295-yilda Oyrat amir Navruz hukmronligi ostida jiddiy tus oldi va bu mahalliy nasroniy ossuriyaliklarga salbiy taʼsir koʻrsatdiGrousset, p. 379. Mahmud Gazan tomonidan Navruzning qilayotgan oʻzboshimchaliklariga nuqta qoʻyildiX. Liu.The Silk Road in World History, Oxford University Press, Oxford, ç2010 p.116E. Endicott-West. Merchant Associations in Yuan China: The "Ortoy,"Asia Major, Third Series, Vol.2 No.2, Academica Sinica, ç1989.

Oljeytu hukmronligi davrida Ossuriya aholisi taʼqibdan qutulish uchun qal’aga chekinishdi. 1310-yilning bahorida viloyat maliki kurdlar yordamida qal’ani tortib olishga harakat qildi. Yepiskop Mar Yahballohning yaqinlashib kelayotgan halokatning oldini olish uchun qilgan barcha saʼy-harakatlariga qaramay, qal’a 1310-yil 1-iyulda Hulokuiylar davlati qoʻshinlari va kurd qabilalari tomonidan qamal qilinganidan keyin egallandi va barcha himoyachilar, shu jumladan shaharning quyi qismidagi koʻplab ossuriyaliklar qirgʻin qilindiGrousset, p. 383.

Biroq, shaharning ossuriyalik aholisi 1397-yilda Amir Temur qoʻshinlari tomonidan shahar vayron qilungunga qadar son jihatdan koʻpchilikni tashkil etganEdwin Munsell Bliss, Turkey and the Armenian Atrocities, (Chicago 1896) p. 153.

Shahar oʻrta asrlarda Umaviylar, Abbosiylar, Buvayhiylar, Saljuqiylar va turkman bekligi Begteginlar tomonidan muvafaqqiyatli boshqarilgan. Keyingi asrlarda shahar Hulokuiylar davlati, Jaloyiriylar davlati, Qora qoʻyunlilar davlati, Temuriylar imperiyasi va Oq qoʻyunlilar davlati tarkibiga kirgan. Shahar keyingi asrlarda 1514-yildagi Chaldiran jangidan soʻng, Usmonlilar imperiyasiga vassal boʻlgan Soran amirligi tarkibiga kirga. Amirlik 1830-yilda oʻzini Usmonlilardan mustaqil deb eʼlon qiladi. 1835-yilda Usmonlilar qoʻshini shaharni egallaydi va Soran amirligini butunlay tugatadi. Shundan soʻng, shahar va unga tutash hududlar Usmonlilar imperiyasining Mosul viloyati tarkibiga kiradi va Birinchi jahon urushida Buyuk Britaniya tomonidan ishgʻol etiladiGeorge Finlay The history of Greece from its conquest by the Crusaders to its conquest by the Ottomans, p.384.

Zamonaviy tarix 250px|thumb|left|Arbil markaziy maydoni alt=A postcard showing the city of Arbil in 1900|thumb|1900-yildagi Arbil shahrini koʻrsatgan otkritka Arbil shahri togʻlar ostidagi tekislikda joylashgan, ammo Iroq Kurdistoni aholisining koʻp qismi tepaliklarda, kurdlarning qadimdan anʼanaviy yashash joyi boʻlgan qoʻpol va toshloq yerlarda istiqomat qiladi.