thumb Xorazm xalq shoʻrolar jumhuriyati — (1920-1924) Xiva xonligi oʻrnidagi mustaqil hukumat.Xorazm xalq shoʻrolar jumhuriyati. Shosh.uz
Tarix 1920-yil 26-30-aprel kunlari Xivada Butunxorazm vakillarining birinchi qurultoyi boʻldi va qurultoy yakunida Xorazm Xalq Shoʻrolar Jumhuriyati tuzilganligi eʼlon qilindi. Jumhuriyatning qabul qilingan birinchi konstitutsiyasida davlatning eng muhim ishlarini hal qilish oliy hokimyat organi boʻlgan Umumxorazm xalq vakillari qurultoyiga tegishli deb belgilandi. Ijroiya organi sifatida 15 aʼzodan iborat Xalq Nozirlari kengashi ham tasdiqlandi. Xorazm Jumhuriyati maʼmuriy jihatdan 22 ta tumanga boʻlindi (sobiq Xiva xonligi hududlari). 1924-yil Xorazm SSR tuzildi va koʻp oʻtmasdan Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatildi.
Manbalar
Havolalar Bobooxun Salimov. Kundaliklar yoxud Kremldagi muzokaralar
Turkum:Xorazm Turkum:Sovet Ittifoqi respublikalari Turkum:Rossiyada fuqarolar urushi davridagi Sovet davlati tuzilmalari Turkum:Xorazm Sotsialistik Sovet Respublikasi Turkum:Xorazm tarixi Turkum:Oʻzbekiston tarixidagi davlatlar Turkum:Sovet respublikalari