thumb Qalam charx — bu qalamlarni oʻtkirlash jarayonini yengillashtiruvchi vosita hisoblanadi. Qalam charxi — choʻntak yoki qalam qutisiga sigʻuvchi qoʻlda ishlaydiganlardan xilidan tortib, ofis stoliga oʻrnatiladigan katta (mexanik va elektr) turlarigacha boʻlgan koʻrinishda boʻlishi mumkin. Ikkinchisi doimo chiqindilarni yigʻuvchi boʻlinmasiga ega boʻladi (baʼzi choʻntak oʻtkirlagichlarda ham mavjud). Charxlar qalamni aylanma yoki toʻgʻri harakatlantirish orqali oʻtkirlaydi. thumb| Mexanik oʻtkirlashtirgich

Tarixi Maxsus qalam charxini ishlab chiqishdan oldin, qalamni pichoq yordamida oʻtkirlashgan. Qalam charxlari esa ushbu vazifani ancha osonlashtirdi va bir xil oʻlchamda oʻtkirlash imkonini berdi. Baʼzi ixtisoslashgan qalam turlari, masalan, duradgor qalami, tekis shakli tufayli odatda pichoq bilan oʻtkirlanadi.

Fransuz matematigi Bernard Lassimon 1828-yilda qalam charxi uchun birinchi patentni (French patent № 2444) qoʻlga kiritgan.. Birinchi amerikalik qalam charxi esa 1855-yilda Bangorlik Uolter K.Foster tomonidan patentlangan.. Ofislar uchun elektr qalam charxlari 1917-yilda yaratilgan.Sm. foto na sayte muzeya rannego ofisa, kotorie takje pokazivayut rannie elektricheskie tochilki, ispolzuemie v promishlennix masshtabax.

Bugungi kunga kelib, charxlar turli rang va shakllarga ega. thumb| Pichoqli chinka

Yana qarang

Pichoq charx — pichoqlarni o'tkirlovchi vosita

Manbalar

Adabiyotlar Chinki // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1961. — T. IX. — Stb. 551—554