Liyon sousi () — Fransuz oshxonasiga xos, sharob, moy, sirka va piyozdan tayyorlanadigan sous. Aynan tarkibida piyoz boʻlishi sousga Liyon nomini berishga asos boʻlgan, chunki Liyon oʻzining piyozli taomlari bilan dong chiqargan va a la lyonnaise (ala lionez) nomi idishda piyoz borligini anglatadiFransiya. Kulinarniy voyaj / Sara Rendell, Mariya Villegas. — M.: Yevrbuks, 2012. — 296 s. — S. 18.

Sous taom pishirish chogʻida, goʻshtli assortilarda yoki sabzavotlar bilan ishlatiladi.

Tarixi Liyon sousi 1600-yillarda Filipp de Morne (1549-1623) tomonidan ixtiro qilingan deb hisoblanadi. Shuningdek, u Morne sousi, beshamel sousi, ov sousi va Porto sousining reseptini ixtiro qilgan Histoire des Sauces sur le site whatscookingamerica.netPastomaniya. Yu. Ayvazyan.

Tayyorlanishi Piyoz yogʻda qovuriladi. Unga sirka va quruq oq sharob qoʻshilib, ozgina qaynatiladi. Keyin unga bulyon, tomat pastasi, tuz va qalampir qoʻshish ham mumkinSauce lyonnaise.. Fransiyaning mashhur oshpazlari Urbain Dubois va Émile Bernard oʻzlarining La Cuisine Classique deb nomlangan kitoblarida ushbu sousni tayyorlashda shirin Sauternes vinosidan foydalanishni tavsiya qiladilar. Unga, shuningdek, shakar, sarimsoqpiyoz, kashnich (petrushka) va tuxum sarigʻi ham qoʻshiladiSauce lyonnaise à l’ancienne (1856)..

Manbalar

Havolalar

Fransuz oshxonasi. Souslar. DirectMEDIA. — ISBN 5998910591, 9785998910593 Ziravorlar va qoʻshimchalar / Gavrilova A.S. — M.: Ripol Classic, 2013. — 128 b. — S. 60.