CoronaVac — bu Xitoyning Sinovac biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksina. Vaksina bu COVID-19ga qarshi kimyoviy inaktivatsiyalantirilgan butun virusli vaksina.
JSST vaksinani favqulodda holatlarda foydalanish uchun 2021-yil 1-iyunda tasdiqladi.
Vaksina 2020-yil oʻrtalaridan boshlab III bosqich klinik sinovlaridan oʻtgan.
19-oktabr kuni Braziliyada oʻtkazilgan III bosqich tadqiqotining dastlabki natijalari shuni koʻrsatdiki, CoronaVac COVID-19 dan xavfsiz himoya vositasi ekan. 10-noyabr kuni, bitta koʻngilli oʻz joniga qasd qilganidan soʻng (oʻz joniga qasd qilish vaksina sinovi bilan bogʻliq emas edi), Braziliya III bosqich sinovlarini qisqa muddatga toʻxtatib, ularni 11-noyabrda davom ettirdi.
3-dekabrga kelib, Braziliyaga bir million dozadan ortiq CoronaVac yetkazildi.
2020-yil 6-dekabrda Indoneziya CoronaVac ning 1,2 million dozalik birinchi partiyasini oldi.
13-dekabr kuni Braziliyadagi Butantan instituti III bosqich sinovlarida tasdiqlangan COVID-19 holatlari soni 170 taga yetganini, dastlabki tahlil uchun zarur boʻlgan 151 ta holatdan oshib ketganini va vaksinani toʻliq tasdiqlash uchun hujjatlar 23-dekabrgacha Braziliya sogʻliqni kuzatish Milliy agentligiga (ANVISA) va Xitoyning Tibbiy mahsulotlar milliy boshqarmasiga taqdim qilinishini eʼlon qildi.
Umumiy himoya JSST tomonidan aytib oʻtilgan boshqa yettita vaksinadan pastroq (51%) ekanligi daʼvo qilinadi, sinovlar esa Sinovac tomonidan ishlab chiqarilayotgan CoronaVac jiddiy kasallik va oʻlimning oldini olishda 100% samarali ekanligini koʻrsatadi. Ammo Chilida 2,5 million kishi ishtirok etgan tadqiqotning dastlabki natijalari shuni koʻrsatdiki, KoronaVak COVID-19ning oldini olishda 67% va kasallikdan oʻlishning oldini olishda 80% samarali ekan.
Vengriyada turli xil vaksinalar bilan emlangan 3,5 million kishi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, CoronaVac infeksiyaga qarshi 68,7%ga va oʻlimga qarshi 87,8%ga samarali.
Manbalar
Havolalar
Что необходимо знать о вакцине против COVID-19 Sinovac-CoronaVac
Turkum:Xitoy KOVID-19 vaksinalari