Toshkent Xalqaro Ta'lim Universiteti (, TIUE) — Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasasi. Darslar Oʻzbek,ingliz va Rus tilida olib boriladi. Axborot texnologiyalari,Biznes va Ta'lim jarayonlarini boshqarish borasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.

Tarixi thumb thumb

thumb Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-son qaroriga muvofiq tashkil etilganTashkent International University of Education xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida

Qisqacha tavsif TIUE axborot texnologiyalari, biznesni boshqarish, taʼlimni boshqarish va oʻquv jarayonlari sohasida yuqori sifatli mutaxassislarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan birinchi xususiy xalqaro universitetdir. TIUE asosiy maqsadi-ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilariga kashfiyotlar qilish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqish, tanqidiy oʻrganish, bilim, donolik va qadriyatlarni saqlash va uzatish imkonini beradigan amaliy oʻquv muhitini yaratish, bu innovatsiyalar, ijodkorlik, tadqiqot va tadbirkorlik. Bitiruvchilar innovator, tadbirkor, ijodkor va ishbilarmonga aylanadi. Oʻqituvchilar tarkibi mahalliy va xorijiy tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat.https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/23/university-of-education/

Asosiy maqsad va vazifalar Universitetda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini joriy etish va respublika iqtisodiyotining real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.

xorijdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, rivojlanish rejalariga zamonaviy fanlar, innovatsiyalar va dalillarga asoslangan texnologiyalarni joriy etish;

yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari, olimlar va mutaxassislarini oʻquv jarayoniga keng jalb etish;

Respublika oliy taʼlim tizimida zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or xorijiy tajribasini qo‘llash, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish.

O‘quv dasturlari Hozirda TIUEda ingliz va rus tillaridagi Xalqaro bakalavr dasturida 950 dan ortiq talaba bor: Axborot texnologiyalari Biznes Boshqaruvi Ta'lim va oʻquv jarayonlarini boshqarish Buhgalterya hisobi va biznes Ingliz va Rus filologiyasi Amaliy matematika va Informatika Kiberxavfsizlik International Foundation Programme

Magistratura Hozirda TIUEda o'zbek,ingliz va rus tillaridagi xalqaro Magistrtura dasturida 95 dan ortiq talaba bor: Pedagogika nazariyasi va tarixi (MSC) Ta’lim muassasalarining boshqaruvi (MSC) Ta'lim boshqaruvi va yetakchilik (MSC) Ma’lumotlar ilmi (Data Science) (MSC) Buxgalteriya hisobi va moliya (MSC)

Hamkor universitetlar “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti (TIUE) dunyoning TOP-600 talik oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiritilgan yetakchi universitetlar bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent pedagogika universiteti Toshkent shahridagi Inha universiteti Toshkent xalqaro Vestminster universiteti Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Toshkent shahridagi Inha universiteti INTI International University

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti TIUE rasmiy kanali Telegramda TIUE rasmiy kanali Facebookda TIUE rasmiy kanali Instagramda

Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar