Foreign Languages – Oʻzbekistonning xorijiy tillarga ixtisoslashgan umummilliy davlat teleradiokanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. 2021-yil 6-dekabr kuni test rejimida ish boshlagan. Tarixi 2021-yil 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorijiy tillarni oʻrganish ishlarini ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish haqida PQ–5117-sonli qarori qabul qilindi. Shu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 27-avgustda Vazirlar Mahkamasi „Foreign Languages“ nomli teleradiokanal tashkil etish toʻgʻrisidagi 546-sonli qarorni qabul qildi. Teleradiokanal 2021-yil 6-dekabr, soat 9:00 dan oʻz faoliyatini tugatgan „Oilaviy“ telekanali bazasida test rejimida ish boshladi.

Tavsifi „Foreign Languages“ teleradiokanali oʻz dasturlarini 24 soat davomida xorijiy tillarda uzatadi. Bir kunda kamida 3 soat onlayn tarzda xorijiy tillarni oʻrgatishga moʻljallangan koʻrsatuvlar efirga uzatiladi. Bolalar uchun moʻljallangan xorijiy tildagi asarlar asl tilida, baʼzi hollarda oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi subtitrlar bilan efirga uzatiladi.

Manbalar