thumb|right|220px Shokolad kakao, shakar, sut va xushboʻy dorivorlar aralashmasidan qilinadigan aʼlo sifatli konfet yoki plitka shaklidagi shirinlikdir.Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 ortiq soʻz va soʻz birikmasi. Toshkent. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008. Shokoladdan puding, tort, muzqaymoq, pasxa tuxumi va boshqa shu kabi desertlarda foydalaniladi. Shokolad umumjahon boʻylab Olmek, Maya va Atsteklar davridan beri mavjuddir.
Turlari thumb|Oq shokolad
Shokoladning uchta asosiy turi mavjud: oq shokolad, sutli shokolad va qora shokolad.
Oq shokoladning taʼmi boshqa ikki turga qaraganda ancha shirinroq boʻladi.
Sutli shokolad shirin, ammo oq shokoladchalik emas. Sutli shokolad tarkibida sut kukuni yoki quyultirilgan sut mavjud. Buyuk Britaniya va Irlandiyada sutli shokolad tarkibida kamida 20 % quruq kakao boʻlishi zarur; Yevropa Ittifoqining qolgan mamlakatlarida bu koʻrsatkich 25 % ni tashkil etadi.
Qora shokolad unchalik ham shirin boʻlmay, aksincha achchiq taʼmga ega boʻladi.
Xavfsizlik Shokoladni haddan oshiq koʻp miqdorda isteʼmol qilmasa, yeyish zarar qilmaydi. It va mushuk kabi ayrim hayvonlar shokoladni juda oz miqdorda isteʼmol qilishsa ham kasal boʻlib qolishadi. Qandli diabet bilan ogʻrigan kishilar uchun ham shokolad isteʼmol qilish kasal boʻlib qolishlariga sabab boʻlishi mumkin. Qora shokolad tarkibida qon bosimini pasaytiruvchi hamda kasalliklarga qarshi kurashuvchi moddalar mavjud. Kichik miqdordagi qora shokolad tarkibidagi polifenollar tufayli yurak xastaliklari xavfini kamaytirishi aniqlangan. Manbalar
Oʻqish uchun
Norton, Marcy. Sacred Gifts, Profane Pleasures: A History of Tobacco and Chocolate in the Atlantic World (Cornell UP, 2008)
Rosenblum, Mort (2006). Chocolate: A Bittersweet Saga of Dark and Light. North Point Press. Ryan, Órla (2011). Chocolate Nations: Living and Dying for Cocoa in West Africa. Zed Books.
Young, Allen M. (2007). The Chocolate Tree: A Natural History of Cacao (Rev. and expanded ed.). University Press of Florida.
Havolalar
„Shokolad va choy“
Turkum:Desertlar Turkum:Pazandalik