thumb|Marketing miks yoki 4Ps Marketing miks (; baʼzan 4Ps deb ham yuritiladi) biznesdagi boshlangʻich modelni tasvirlochi termindir. 4Ps ingliz tilidagi toʻrtta soʻz, Product (mahsulot), Price (narx), Place (joylashuv) va Promotion (targʻibot)larning hammasi „P“ harfidan boshlanish sababidan „4Ps“ yoki „Marketing Mix“ deb yuritiladi. Marketologlar tomonidan Marketing miksga „maqsadli bozorda marketing rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda biznes egalari tomonidan qoʻllaniladigan marketing qurollar toʻplami“ -deb ham taʼrif beriladi.

Marketing teoriyasi yigirma birinchi asr boshlarida paydo boʻldi. Bugungi kunda Marketing boshqaruvida dominantga aylangan ushbu Marketing miks birinchi boʻlib 1984-yilda nashr qilindi. Xizmat koʻrsatish sektori marketingida kengaytirilgan Marketing miksdan foydalaniladi. Bunda odatdagi 4Ps ga uchta qoʻchimcha Process (jarayon), People (insonlar), Physical evidence (jismoniy dalil) elementlari qoʻshilib 7Ps hosil boʻladi. Kamdan-kam xollarda, xizmat koʻrsatish sektor marketologlari 7Ps ga qoʻshimcha Performance (ijro) elementini qoʻshish orqali 8Ps deb ataydilar.

Marketing miks elementlarini toʻgʻri joylashtirish va shunga koʻra faoliyat olib borishda korxona marketing boshqaruvchilari zimmasiga masʼuliyat yuklaydi. Marketing miks elementlarining toʻgʻri joylashuvi kompaniyaning muvaffaqiyatli marketingida muhim rol oʻynaydi:

kuchli tomonlarni rivojlantirish va kuchsiz tomonlardan voz kechish raqobatbardoshlikni va kompaniyaning moslashuvchanligini kuchaytirish korxonaning ichki boʻlimlarini bir-biri bilan uzviy yaqin faoliyat olib borishini taʼminlash

KategoriyaTaʼrifi/TushinchasiOdatiy marketingga oid qarorlarProduct (Mahsulot)Mahsulot deb mijozning ehtiyojlari yoki istaklarini qondiruvchi narsaga aytiladi. Mahsulot jismiy (ushlab koʻrsa boʻladigan barcha narsalar) yoki ushlab koʻrib boʻlmaydigan (xizmat koʻrsatish, gʻoya yoki tajriba ulashish kabilar) ga ajralishi mumkin. Mahsulot dizayni — alohida jixatlari, sifati Mahsulot xilma-xilligi — mahsulot assortimenti boyligi, mahsulotlar miksi, mahsulot tarmogʻi Branding Qadoqlash va belgilash/markalash Xizmat koʻrsatish turlari (qoʻshimcha xizmat, sotuvdan keyingi xizmat, xizmat bosqichi) Mahsulot va/yoki xizmat uchun kafolat taqdim etish Mahsulotni qaytib olish mumkinligi Mahsulotning hayot sikliga koʻra boshqarishPrice (NarxNarx mijozning mahsulot evaziga tolaydigan miqdori Narx, shuningdek, mijozning mahsulotga erishish uchun sarflaydigan vaqti, kuchi, eʼtibori va h.k larni ham anglatadi

Narx savdo aylanmasidan tushadigan daromadga taʼsir qiluvchi omil

Narx Marketing miksdagi kompaniya foydasidan soʻzlovchi yagona qism

Narx, yana, mijozning qabul qilgan qiymatini oʻz ichiga oladi. Narx strategiyasi Narxlash taktikasi Narxlash Narxni tushirish — distribyutorlarga yengilliklar Chegirmalar — mijozlar uchun Toʻlov qulayliklari — kredit, toʻlov usullariPlace (Joylashuv)Joylashuv mijozlarning mahsulotga yetisha olishini anglatadi Joylashuv mijozlarga qulaylik yaratish mumkin boʻlgan makondir Intensiv distribyutsiya (tarqatish) stretegiyasi, eksklusiv distribyutsiya; Franshayzing; Bozorni qamrab olish; Mijozga yetib borish tarmoqlarini toʻgʻri tanlash va tarmoqlar oʻrtasida aloqa oʻrnatish; Xilma-xillik; Joylashuv qarorlari; Omborxona; Transport, saqlash ombori va logistika;Promotion (Targʻibot)Targʻibot marketing kommunikatsiyalari (aloqa vositalari)ni anglatadi. Targʻibot oʻz ichiga: reklama, PR (PiAr), toʻgʻridan toʻgʻri marketing va sotuv targʻibotini olishi mumkin. Targʻibot miksi — reklamaning mos keluvchi hisobi, PR, toʻgʻridan-toʻgʻri marketing va sotuv targʻiboti; Xabar qilish strategiyasi — nimani xabar qilish kerak kerakligiga muvofiq Vosita/ media strategiyasi — maqsadli auditoriyaga eltuvchi vositani toʻgʻri tanlash Xabar qilish chastotasi — qancha koʻp xabar qilish kerak?, qancha vaqtda necha marta xabar qilish kerak?

Havolalar

Turkum:Marketing