„99 Problems“ („99 ta muammo“) amerikalik reper Jay-Z tomonidan The Black Album albomi uchun ijro etilgan qoʻshiqdir. 2004-yilda albomning uchinchi singli oʻlaroq chiqarildi. Ashulaning „I got 99 problems, but a bitch ainʼt one“ soʻzlaridan iborat boʻlgan naqaroti Ice-T tomonidan Home Invasion (1993) albomi uchun ijro etilgan „99 Problems“ ashulasidan olingan. Bu naqarot Ice-T va Brother Marquis (2 Live Crew guruhi aʼzosi) oʻrtasida boʻlgan suhbat chogʻida oʻylab topilgan. Marquis bu iboradan „Table Dance“ (1996) ashulasida ham foydalangan.

Qoʻshiq omma tomonidan xush qarshilandi. Billboard Hot 100 chartida 30-oʻrinni band etdi. Rolling Stone jurnaliga koʻra, ushbu ashula 2000-yillarning top 100 ashulasi roʻyxatidan 2-oʻrindan joy oldi, barcha zamonlarning eng buyuk 500 qoʻshigʻi roʻyxatida esa 172-oʻrinni egalladi.Hermes, Will; Hoard, Christian; Rosen, Jody; Sheffield, Rob (24-dekabr 2009-yil), „100 Best Songs of the Decade“. Rolling Stone. (1094/1095):59-62 Shuningdek, Pitchfork Mediaga koʻra, 2000-yillarning top 500 qoʻshigʻi roʻyxatida 24-oʻrinni, NMEga koʻra esa „oʻtgan 15 yilning eng yaxshi 150 treki“ roʻyxatida 24-pogʻonadan oʻrin oldi.150 Best Tracks of the Past 15 Years, NME.com Chartlar

Haftalik chartlar Chart (2004) Chartoʻrniscope="row"scope="row"scope="row"scope="row"scope="row"scope="row"scope="row"scope="row"

Yil soʻngidagi chartlar Chart (2004) Chartoʻrni (UK Singles) 164

Manbalar

Havolalar

Turkum:2004-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar