Iris Xiomara Castro Sarmiento () yoki Xiomara Castro de Zelaya (); 30-sentyabr 1959-yilda tugʻilgan) honduraslik siyosatdondir. 2022-yilning 27-yanvaridan Honduras prezidenti lavozimini egallaydi U mamlakat tarixida prezident lavozimini egallaydigan ilk ayol boʻlishi kutilmoqda..

Uning turmush oʻrtogʻi Manuel Zelaya 2006-yildan 2009-yilga qadar Honduras prezidenti boʻlgan. 2006- va 2009-yillarda mamlakat birinchi xonimi oʻlaroq Manuel Zelayaga qarshi 2009-yilda sodir boʻlgan davlat toʻntarishiga qarshilik koʻrsatuvchi harakat yetakchisi boʻlgan. Castro 2021-yilda oʻtkazilgan Hondurasdagi prezidendlik saylovida raqibi boʻlmish Nasri Asfurani magʻlub etdi. Dastlabki natijalarga koʻra, soʻl kuchlar nomzodi boʻlgan Castro 53,4 foiz, uning raqibi esa 34 foiz ovoz toʻplagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gonduraslik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar