Adiljon Rishatovich Tulendiboyev (tugʻ. 1985-yil 11-aprel, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik para dzyudochi, 100 kg vazn toifasida ishtirok etgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni, Osiyo chempionati sovrindori, Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari chempioni.
Faoliyati 2004-yilda Budapeshtda (Vengriya) dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 100 kg dan yuqori vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2006-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2009-yilda Taypeyda (Tayvan) oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida ochiq toifada bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili Chirchiqda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida mutlaq vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2011 va 2012-yillarda Toshkentda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Jahon kubogi bosqichida 100 kg yuqori vazn toifasida mos ravishda kumush va bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2014-yilda Inchxonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 100 kg ortiq vazn toifasida u finalda eronlik dzyudochi Hamzeh Nadrini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Koloradoda (AQSh) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 kg dan ortiq vazn toifasida u finalda braziliyalik dzyudochi Villans Silva de Araujoni. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-dzyudochilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari