„Hotel California“ („Kaliforniya mehmonxonasi“) Amerikada tuzilgan Eagles rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. Guruhning ayni nomli albomiga kiritilgan. 1977-yilning fevralida singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matni Don Felder, Don Henley va Glenn Frey tomonidan yozilgan.

Qoʻshiq guruh repertuaridagi eng taniqli taronalardan biridir. 1998-yilda uning uzun gitara kodasi Guitarist jurnali mushtariylari tomonidan tarixdagi eng yaxshi gitara solosi deb topilgan. Shuningdek, qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, bir nechta xalqaro chartlarda yuqori oʻntalik safidan oʻrin egallagan.

2021-yil holatiga koʻra, „Hotel California“ qoʻshigʻi 2 204 marta ijro etilgan. Qoʻshiqni oʻnlab guruh, jumladan, „Bolalar“ oʻzbek pop-rock guruhi kaver qilgan.

Soʻzlari Qoʻshiqning birinchi strofasida kelgan „colitas“ soʻzi („warm smell of colitas, rising up through the air“) marixuanaga shama ekanligi taʼkidlanganDe Artega y Pereira, Fernando. Practical Spanish (1902): 243Avant-Mier, Roberto. Rock the Nation: Latin/o Identities and the Latin Rock Diaspora (2010): 81-82.

Jamoa Don Felder — akustik gitara, elektrogitara, bek-vokal Don Henley — vokal, dovullar, perkussiya Glenn Frey — akustik gitara, bek-vokal Joe Walsh — elektrogitara, bek-vokal Randy Meisner — bas, bek-vokal

Chartlar

Haftalik Chart (1977)Chartoʻrni scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" (AFE)3 scope="row" scope="row" scope="row" scope="row" Chart (2016)Chartoʻrni scope="row" Chart (2021)Chartoʻrni scope="row"

Yillik Chart (1977)Oʻrni Top 200 singles (RPM)8 (rasmiy olmon chartlari)20 (Dutch Top 40)57 (Single Top 100)5230 Billboard Hot 10019 Chart (2012)Oʻrni (SNEP)198 Chart (2016)Oʻrni Hot Rock Songs (Billboard)59

Manbalar

Havolalar

Classic Tracks: The Eagles 'Hotel Californiaʼ

Turkum:1976-yil qoʻshiqlari Turkum:1977-yil singllari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Eagles qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar