Chilla — 2014-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Oʻzbekiston, Niderlandiya. Fransiya va Germaniya davlatlari bilan birgalikda suratga olingan filmdir. Kartina Petit Film (Fransiya), Rohfilm (Germaniya) va Volya Films (Niderlandiya) studiyalari mahsulotidir. Film rejissori Saodat Ismoilova, ssenariyni Ismoilova va Ulugʻbek Sodiqov yozishgan boʻlib, kartina bosh rollarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Rushana Sodiqova, Farida Olimova, Saodat Rahminova va Barohad Shukurova kirishadi. Film Markaziy Osiyoning chekka qishloqlaridan birida istiqomat qiluvchi toʻrt ayolning turmush tarzi haqida hikoya qiladi.

Chilla filmi ilk bor 2014-yil 7-yanvarda Berlin xalqaro film festivalida namoyish etildi. Shuningdek, ushbu kartinaning suratga olish ishlari Tojikistonda joylashgan qishloqlarda boʻlib oʻtgan. Rollarda Rushana Sodiqova — Bibicha Farida Olimova — Sharifa Saodat Rahminova — Bibi Soadat Barohad Shukurova — Xamida

Mukofotlari Chilla filmi jami 5 ta nominatsiyaga nomzod boʻlgan hamda 1 ta mukofotga (Golden Alhambra) loyiq topilgan.

YilNatijaMukofotTurkumQabul qiluvchiIzoh (lar)2014Berlin xalqaro film festivaliBest First Feature AwardSaodat Ismoilova2014Granada Film Festival Cines del SurGolden AlhambraSaodat Ismoilova2014 Hong Kong xalqaro film festivaliFIPRESCI PrizeSaodat Ismoilova2014Golden Firebird AwardSaodat Ismoilova2014SIGNIS AwardSaodat Ismoilova2014Seattle xalqaro film festivaliNew Director’s Showcase AwardSaodat Ismoilova

Manbalar

Havolalar

Turkum:2014-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Fransiya filmlari Turkum:Germaniya filmlari Turkum:Niderlandiya filmlari