Dilorom Egamberdiyeva (1962-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — oʻzbek aktrisasi. Aktrisa oʻlaroq ilk faoliyatini 1981-yilda suratga olingan Oltin jun filmida Zuhra ismli tarjimon qiz roli bilan boshlagan. Kelinlar qoʻzgʻoloni (1984) filmida jonlantirgan Nigora, Armon (1987) filmida jonlantirgan Xumor hamda Temir xotin (1990) filmida jonlantirgan Alomat kabi rollari ortidan shuhrat qozongan.

1995-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist mukofotiga loyiq topilgan.

Hayoti Dilorom Egamberdiyeva 1962-yil 25-oktyabrda Oʻzbekiston SSRning Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maktabni tamomlagach, Sergey Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olgan va 1983-yilda uni bitirgan.

Faoliyati Egamberdiyeva 1981-yilda Muxtor Aga-Mirzayev va Latif Fayziyev rejissyorligi ostida suratga olingan Oltin jun (Zolotoye runo) filmida Zuhra ismli tarjimon qiz rolini ijro etganZolotoye runo (1981). IMDb.com.Melis Abzalov tomonidan suratga olingan Kelinlar qoʻzgʻoloni (1984) filmida gavdalantirgan Nigora roli ortidan shuhrat qozongan. Keyinchalik, u Hujum va Poklanish kabi filmlarda suratga tushgan. Egamberdiyeva yana 1987-yilda suratga olingan Armon filmida Xumor, 1990-yilda suratga olingan Temir xotin filmida esa Alomat rollarini ijro etgan.

Filmografiyasi Filmlar + Yil Nom Rol Izohlar 1981 Oltin jun Zuhra ismli tarjimon qiz 1983 Uygʻonish Yolgʻiz 1985 Kelinlar qoʻzgʻoloni Nigora 1985 Sozvezdiye lyubvi Mohigul Telefilm 1986 Armon Xumor Okhota na drakona Ataka Rus tilidagi film 1987 Iskuplenie 1990 Temir xotin Alomat 2009 Yulduzingni ber osmon 2009 Chol va nabira Gʻanisherning onasi 2010 Madina 2016 Baron

Televideniye + Yil Nom Rol Izohlar 2007 Zastava Nodirshoxning rafiqasi

Shaxsiy hayoti Egamberdiyeva 1990-yilda turmushga chiqqan va bitta qiz farzandi bor.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston kino aktrisalari