„Venom: Let There Be Carnage“ (oʻzbekcha manbalarda „Venom 2“ oʻlaroq maʼlum) — 2021-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Venom“ (2018) kinokartinasining davomi. Marvel komikslaridagi Venom personajiga asoslangan. Filmga Andy Serkis rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Kelly Marcel yozgan. Bosh rollarni Tom Hardy, Michelle Williams, Naomie Harris, Reid Scott, Stephen Graham, Woody Harrelson ijro etgan.
Film premyerasi 2021-yilning 14-sentyabrida London shahrida boʻlib oʻtgan. Kinotanqidchilar tomonidan aralash baholangan. Butunjahon boʻylab kinoprokatlarda $506,9 million mablagʻ toʻplab, 2021-yilning yettinchi eng kassabop filmiga aylangan. Film davomi — „Venom: The Last Dance“ 2024-yilning 25-oktyabrida ekranlarga chiqarilishi reja qilingan.
Rollarda Tom Hardy Eddie Brock / Venom Michelle Williams Anne Weying Naomie Harris Frances Barrison / Shriek Reid Scott Dan Lewis Stephen Graham Patrick Mulligan Woody Harrelson Cletus Kasady / Carnage
Manbalar
Havolalar
Turkum:2021-yil filmlari Turkum:2021-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Sony Pictures filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:2020-yillar superqahramonlar haqidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar