Maps of Meaning: The Architecture of Belief () — kanadalik psixolog Jordan B. Peterson tomonidan 1999-yilda yozilgan kitob boʻlib, unda insonlarning qanday qilib maʼno yaratishlari haqida, qanday qilib narsalarga maʼno yuklashlari haqida maʼlumot keltiriladi. Kitobga keltirilishicha, insonlarning bu yoʻsinda maʼno yaratishlari miya ishlash tamoyillari bilan mosdir. Kitobda „eʼtiqod tizimlari strukturasi va oʻsha tizimlarning inson hissiyotlarini tartibga solishi“https://books.google.com/books?id=bZioQ3X6cQcC tahlil qilinadi va unda „koʻplab akademik sohalardagi adabiyotlardan foydalanilgan holda fan bilan mif hamda eʼtiqodlarni bogʻlash insonlarning qanday qilib maʼno va mazmun yaratishlarini toʻliq tushunish uchun muhimligi taʼkidlanadi“.https://books.google.com/books?id=yKgDDQAAQBAJ

Mazmuni Pitersonning fikricha, uning kitobni yozishdan asosiy maqsadi nega individlar va ijtimoiy guruhlarning bir-biri bilan ijtimoiy nizoga kirishishlarini aniqlash va individlarning oʻz eʼtiqodlarini himoya qilish yoʻlida fikrlash tarzlarini va motivlarini ochib berish boʻlgan. Kitob insonlarning Gulag, Holokost va Ruanda genotsidi kabi vahshiyliklarni sodir etishlariga sabablarni topishga harakat qiladi.https://www.scribd.com/doc/276984986/Summary-and-Guide-to-Maps-of-Meaning-The-Architecture-of-Belief-by-Jordan-Peterson Uning fikricha „dunyo diniy tizimlari axloqimizdagi eng muhim jihatlarni ajratib berishga va nihoyada universal axloq tizimini ishlab chiqish imkonini beradi“.

Pitersonning fikricha, inson tafakkurida olamdagi xaos (nomaʼlumlik, yaʼni tabiat) va tartib (ochilgan, xaritalashtirilgan hudud xususiyati, yaʼni madaniyat) orasidagi kurash aks etadi. Insonlar oʻzlaridagi mavhum mushohada yuritish qobiliyatlari bilan mavhum ong sohalarini xaritalashtirishadi va „hissiyotlarimizni tartibga soluvchi“ eʼtiqod tizimlarini yaratishadi. Insondagi muhim eʼtiqod tizimlariga boʻluvchi tahdid insonlarda unga qarshi hissiy reaksiyalarni vujudga keltiradi va bu insonlarni ichki (oʻz eʼtiqod tizimlaridagi) xaosga yuzlanishdan iborat patologik urinishlarga majbur qiladi. Xaos (tartibsizlik) va Kosmos (Madaniyat, Tartib) tamoyillari orasidagi vositachi tamoyil bu Logos (Ong) tamoyili boʻlib, miflar va afsonalardagi qahramonlar va qahramonlik koʻrsatuvchi shaxslar mazkur ikki bir biriga qarshi kuchlar orasida vositachilik qilib, madaniyat jamiyatga asos soluvchi shaxslardir. Mazkur maʼnoda, „miflar adabiy nomaʼlumlik, maʼlumlik va biluvchini“ oʻzida aks ettiradi va bunda „biluvchi“ xuddi Avliyo Jorj kabi „xaos ajdarini boshini oluvchi“ va natijada „individuallik shaklidagi balogʻatga yetuvchi“ qahramon hisoblanadi.https://ajp.psychiatryonline.org/doi/10.1176/appi.ajp.157.2.299-a Kitobda, shuningdek, Piterson miyaning qanday faoliyat yuritishi haqida ham toʻxtalib oʻtadi va buni tushuntirishda tafsilotlarga boy geometrik diagrammalardan foydalanadi (misol uchun „Shaxsiyat, Hudud va Jarayon sifatidagi Tajribaning Tarkibiy Qismlari“).https://www.newyorker.com/magazine/2018/03/05/jordan-petersons-gospel-of-masculinity

Strukturasi +BobBob nomiParagraf nomiMavzu1Maps of ExperienceObject and Meaning2Maps of MeaningThree Levels of AnalysisNormal and Revolutionary Life: Two Prosaic StoriesNormal LifeRevolutionary LifeNeuropsychological Function: The Nature of the MindThe Valence of ThingsUnexplored Territory: Phenomenology and NeuropsychologyExploration: Phenomenology and NeuropsychologyExplored Territory: Phenomenology and NeuropsychologyMythological Representation: The Constituent Elements of ExperienceIntroductionThe Enuma Elish: A Comprehensive Exemplar of Narrative CategorizationThe Dragon of Primordial ChaosThe Great Mother: Images of the Unknown, or Unexplored TerritoryThe Divine Son: Images of the Knower, the Exploratory ProcessThe Great Father: Images of the Known, or Explored Territory3Apprenticeship and EnculturationAdoption of a Shared Map4The Appearance of AnomalyParticular Forms of Anomaly: The Strange, The Stranger, The Strange Idea and The Revolutionary HeroThe StrangeThe StrangerThe Strange IdeaThe Revolutionary HeroThe Rise of Self-Reference, and the Permanent Contamination of Anomaly with Death5The Hostile BrothersArchetypes of Response to the UnknownIntroduction: The Hero and the AdversaryThe Adversary: Emergence, Development and RepresentationThe Adversary in Action: Voluntary Degradation of the Map of MeaningHeroic Adaptation: Voluntary Reconstruction of the Map of MeaningThe Creative Illness and the HeroThe Alchemical Procedure and the Philosopher's StoneConclusionIntroductionThe Divinity of Interest

Manbalar

Turkum:1999-yil kitoblari