Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov (1952-yil, Sirdaryo viloyati) — huquqshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi (2021). Mehnat faoliyati 1969-1971 - Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar oʻt oʻchirish qismining katta yoʻriqchisi. 1971-1975 - Toshkent universiteti talabasi. 1975-1978 - Sirdaryo viloyati prokuraturasining ish oʻrganuvchisi, tergov boʻlimining prokurori. 1978-1981 - Sirdaryo viloyati prokurorining voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha katta yordamchisi, kadrlar boʻyicha katta yordamchisi. 1981-1982 - Sirdaryo viloyati Mehnatobod tumani sudining raisi. 1982-1989 - partiya tashkilotining Sirdaryo viloyati qoʻmitasi maʼmuriy, savdo va moliya organlari boʻlimi yoʻriqchisi, boʻlim mudiri, partiya Markaziy qoʻmitasi maʼmuriy organlar boʻlimi mudirining oʻrinbosari. 1989—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari vazir vazifasini bajaruvchi vazirning birinchi oʻrinbosari. 1995-2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy xoʻjalik sudi raisi 2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi 2005-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi 2021-yildan hozirgi vaqtgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.