Ulugʻbek Hamdam (Hamdamov Ulugʻbek Abduvahobovich) — yozuvchi, tarjimon.

Faoliyati

1968-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Rovot mahallasida duradgor oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1993-yilda tamomladi. 1992-yilda, davlat taʼlim taqsimotiga koʻra, oʻqishni davom ettirish uchun u Turkiyaning Konya shahriga joʻnatilgan.

thumb|Ulug‘bek Hamdam 1993-1994-yillarda Sharqshunoslik institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetining aspiranturasinitugatdi. 1997-yilda „XX asrning 30-yillari sheʼriyatida oʻzbekcha“ sof lirika „muammolari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1997-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida katta va kichik ilmiy xodim boʻlib ishladi. 2003-yildan — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosiSobir Mirvaliyev. Oʻzbek adiblari.Fan nashriyoti. 1993.. 2009-yildan 2016-yilgacha — „Sharq yulduzi“ jurnalining bosh muharriri"Zvezda Vostoka" jurnali. 2012-yil 2-son. 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU da jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, 2017-yildan dotsent oʻqituvchi, 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida XX asr oʻzbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon boʻlimi mudiri boʻlib ishlamoqda.

Asarlari

Sheʼriy asarlari:

„Tangriga eltguvchi isyon“ (2002), „Atirgul“ (2006), „Seni kutdim“ (2007)

Nasriy asarlari:

„Yolgʻizlik“"Megarif—vakit" nashriyoti. Qozon. 2018 (2000), „Muvozanat“ (1997), „Isyon va itoat“ (2004), „Sabo va Samandar“, „Uzoqdagi Dilnura“ (2010), „Ota“ (2019)ziyouz.com "Bizdan rozi boʻling ota" (2022) "Yaxshiyam sen borsan" (2023) "Toʼrtkoʼcha" (2024)

Ilmiy asarlari:

„Badiiy tafakkur tadriji“ (2003), „Yangilanish ehtiyoji“ (2007), „Jahon adabiyoti: Modernizm va postmodernizm“ (2020)Akademnashr. Toshkent. 2020

Tarjimalari Ulugʻbek Hamdam Jaloliddin Rumiyning „Ichindagi ichindadir“"Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2018 (1997, 2001), professor Usmon Turonning „Turkiy xalqlar mafkurasi“ (1995) nomli asarlarini turk tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

2018-yili Qozon shahrida "Ma'orif-Vaqt" nashriyotida uning "Yolgʻizlik" (Ялгызлык) asari tatarchaga tarjimon Fakil Safin tomonidan tarjima qilingan. Mukofotlari 2004-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 2011-yilda Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligiga „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2014-yil „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika tanlovining 1-oʻrin sohibi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Adabiyotshunoslar Turkum:24-aprelda tugʻilganlar Turkum:Adabiyot Turkum:Andijon viloyati Turkum:Marhamat tumani Turkum:Romanlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari