Shavkat Rahimovich Hamroyev (tugʻ. 1964-yil 13-avgust, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi va irrigator, 2018-yil 12-fevraldan boshlab Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri. 2016-yilda Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, 2017-yilda esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator faxriy unvoniga sazovor boʻldi.

Biografiyasi Shavkat Hamroyev 1964-yil 13-avgustda Buxoroda tugʻilgan.

Taʼlim 1986-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiyasi institutini (hozirgi „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti), 2001-yilda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati Mehnat faoliyatini 1986-yilda katta gidrotexnika muhandisi, keyin Buxoro viloyati Qoraulbozor tumani suv xoʻjaligi boʻlimi bosh muhandisi sifatida boshlagan. 1994-1997-yillarda Buxoro viloyati suv xoʻjaligi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

1997-yildan 2001-yilgacha Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2001-yilda Buxoro viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, shuningdek, suv resurslarini tartibga solish xizmati rahbari etib tayinlangan. 2003-yilda Amu-Buxoro havzasini sugʻorish tizimlarini boshqarish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

2005-yilda Shavkat Hamroyev Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi va ushbu lavozimda 2017-yilgacha ishladi. 2018-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan u Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri etib tayinlandi.

2019-yil 6-sentyabrda Bali orolida (Indoneziya) irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiyaning Xalqaro Ijroiya kengashining 70-yigʻilishida Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev bir ovozdan vitse-prezident etib saylandiIrrigatsiya i drenaj v Respubliki Uzbekistan (istoriya i sovremennoe sostoyanie), k 70-letiyu Mejdunarodnoy komissii po irrigatsii i drenaju.

Xorijiy tashriflar 2018-yilda Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyevning Braziliyaga tashrif buyurishi xabar qilingan. Suv muammolariga munosabati Shavkat Hamroyev Markaziy Osiyodagi suv bilan bogʻliq muammolar haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashgan. Uning munosabatida Oʻzbekiston hududiga suv kirib kelish miqdori 2050-yilga qadar kamida 5 milliard kubga kamayishi kutilayotganligi maʼlum qilingan.

Mukofotlar

"Doʻstlik" ordeni (2011) Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (2016) Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (2017) Tojikiston Respublikasining I  darajali „Sharaf“ ordeni (2018)

Manbalar

Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:13-avgustda tugʻilganlar Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar