Rahmat Toshnazarovich Mamatov (1969-yil 2-dekabr Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik harbiy va davlat arbobi. 2022-yildan 2025-yilgacha Samarqand viloyati IIB boshligʻi, 2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Mahalla va oila ishlari vaziri.

Biografiyasi Qarshi tumanida tugʻilgan.

1986—1987 – harbiy xizmat.

1987—1991 – Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.

1991—1992 – Qarshi tumani ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlimi inspektorihttps://nbu.uz/news/naznacheny-zamestiteli-ministra-vnutrennih-del-uzbekistana/https://uz.sputniknews.ru/20171007/uzbekistan-kadroviye-naznacheniya-6486946.htmlhttps://kun.uz/ru/40275108.

1992—1995 – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv boʻlinmasi masʼul vakili.

1995—1996 – Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIB „Talimarjon“ shahar militsiya boʻlinmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1996—2000 – Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi boshligʻi.

2000—2000 – Qashqadaryo viloyati IIB JQB 1-boʻlim, 2-boʻlinmasi boshligʻi.

2000—2001 – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi boshligʻi.

2001—2001 – Qashqadaryo viloyati IIB JQB boshligʻining oʻrinbosari, 1-boʻlim boshligʻi.

2001—2001 – Qashqadaryo viloyati IIB jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bosqinchilik va oʻzgalar mulkini oʻgʻirlashning boshqa turlariga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi.

2001—2002 – Qashqadaryo viloyati Bahoriston tumani IIB boshligʻi.

2002—2005 – Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani IIB boshligʻi.

2005—2007 – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB boshligʻi.

2007—2009 – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar IIB boshligʻi.

2009—2011 – Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

2011—2013 – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2013—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2013—2014 – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi.

2014—2016 – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bosh inspektorlar guruhining bosh inspektori.

2016—2017 – Pensiyada.

2017—2020 – Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2020—2020 – „Mahalla“ xayriya jamoat fondi raisi.

2020—2022 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

2020—2022 – Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziriMamatov Rahmat.

2022—2025 – Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻiRahmat Mamatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston senatorlari