Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov (1966-yilda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi, 2010-yil yanvardan 2016-yil dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2010-yilda II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan.

Biografiyasi Sirdaryo viloyati hokim vazifasini bajaruvchidan oldin Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hokimi lavozimini egallagan edi. 2009-yil sentyabrda Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Abdurahim Jalolov oʻrniga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 15-yanvardan 2016-yil 15-dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlaganhttps://uzreport.news/politics/prezident-uzbekistana-smenil-hokima-syirdarinskoy-oblastihttps://president.uz/oz/lists/view/123.

2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylandi va agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasiga kirdihttps://nrm.uz/contentf?doc=412863_postanovlenie_centralnoy_izbiratelnoy_komissii_respubliki_uzbekistan_ot_22_01_2010_g_o_registracii_chlenov_senata_oliy_majlisa_respubliki_uzbekistan&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana.

2018-yil 13-avgustda Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi va 2019-yil 26-oktyabrgacha ushbu lavozimni egalladihttps://centrasia.org/person2.php?st=1481886864https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/26/%D0%BE%D1%88%D1%8F%D1%8F%D1%84%D1%87/.

2019-yil 26-oktyabrda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandihttps://kun.uz/ru/55791650.

Mukofotlar 2003-yil 26-avgust – "Mehnat Shuxrati" ordenihttps://lex.uz/ru/docs/-2368865

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari