Ahmadjon Odilov (1925-yil 1-may, Namangan uyezdi — 2017-yil 27-sentyabr, Namangan viloyati) — oʻzbek siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965), KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi (1966—1971). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor.

Odilov 1980-yillar oʻrtasida SSSR prokuraturasi tergovchilari — Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshchiligidagi tergov guruhi tomonidan „paxta ishi“ boʻyicha ayblanib qamalgan. 1991-yilda qamoqdan ozod etilgan, ammo 1993-yilning iyunida yana hibsga olingan. Shu bilan 2008-yilning 5-iyunida 83 yoshida qamoqdan ozod etilgan.

Odilov 2017-yilning 27-sentyabrida Namangan viloyati Pop tumanidagi uyida 92 yoshida vafot etgan„Ahmadjon Odilov olamdan oʻtdi“ (uz). Kun.uz. 27-09-2017.„Karimov davrida 15 yil qamoqda oʻtirgan Ahmadjon Odilov 92 yoshida vafot etdi (VIDEO)“ (uz). Ozodlik radiosi. 27-09-2017..

Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965) uch marta Lenin ordeni (1965; 1971; 1973) Oktyabr Inqilobi ordeni (1976)

Kitoblar 2019-yilda namanganlik yozuvchi Ortiqali Nomozov qalamiga mansub Ahmadjon Odilov haqidagi „Odilovni otmoqchi edilar“ nomli kitob „Yangi kitob“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Kitobda qamoqxonadagi azob-uqubatlar, kechinmalar, mahbuslar irodasini sindirish, ularni jisman yoʻq qilishga qaratilgan harakatlar aks ettirilgan„Oʻgʻli MXXda ishlagan Ahmadjon Odilov haqida kitob chiqdi“ (uz). Xabar.uz. 13-12-2019.

Manbalar

Turkum:1925-yilda tugʻilganlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekistonda paxta ishi Turkum:Oʻzbekistonda repressiyaga uchraganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar