Silicon vodiysi () — Shimoliy Kaliforniyadagi San Francisco boʻgʻozidan janubdagi mintaqaning norasmiy nomi. Unga yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ijtimoiy media-kompaniyalarining global markazi sifatida qaraladi. Geografik jihatdan taxminan Santa Clara vodiysini qamrab oladi. Silicon vodiysida aholi soni boʻyicha eng yirik shahar Santa Jose hisoblanadi(ushbu shahar aholi soni boʻyicha Kaliforniyada uchinchi, AQShda oʻninchi oʻrinda). Silicon vodiysidagi boshqa yirik shaharlar qatoriga Sunnyvale, Santa Clara, Redwood City, Mountain View, Palo Alto, Menlo Park va Cupertino kabilar kiradi.
Mintaqaning nomi kremniyga asoslangan MOSFET hamda integral sxemalarni loyihalash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator kompaniyalar tashkil etilishidan kelib chiqqan. Hozirgi kunda ushbu mintaqada dunyodagi koʻplab yirik texnokompaniyalar, 30 dan oshiq Fortune 1000 roʻyxatidan oʻrin olgan kompaniyalarning bosh qarorgohlari (ofislari) hamda minglab startup (startap) kompaniyalari joylashgan. Silicon vodiysida kremniyga asoslangan integral mikrosxemalar, mikroprotsessor, mikrokompyuter va boshqa koʻplab texnologiyalar ixtiro qilingan. 2013-yilga maʼlumotlarga koʻra, mintaqada 250 mingga yaqin ishchilar ishlaydi.
Yirik shirkatlar alt=|thumb|Apple Park (Cupertino) thumb|right|Googleplex (Mountain View) thumb|right|Cisco Systems (Santa Jose) thumb|right|Intel (Santa Clara)
Silicon vodiysida minglab texnologik kompaniyalar mavjud boʻlib, Fortune 1000 roʻyxatidan oʻrin olganlar quyidagilardir: Adobe Inc. Advanced Micro Devices Agilent Technologies Alphabet Inc. Apple Inc. Applied Materials Cadence Design Systems Cisco Systems Cypress Semiconductor eBay Electronic Arts Facebook, Inc. Hewlett Packard Enterprise HP Inc. Intel Intuit Intuitive Surgical Juniper Networks KLA Corporation Lam Research Maxim Integrated NetApp Netflix Nvidia Oracle Corporation PayPal Salesforce Sanmina Corporation Square, Inc. Synnex Synopsys Tesla, Inc. Twitter Western Digital Xilinx
Manbalar
Adabiyotlar
Kitoblar
Jurnallar va gazetalar
Havolalar
Santa Clara: Kaliforniyaning tarixiy Silicon vodiysi — National Park Service (Milly bogʻ xizmati) vebsayti Silicon vodiysi— hujjatli eshittirish (2013-yil)