Doʻstxon (1558-yilda oʻldirilgan) - Xorazm davlatidagi (Xiva xonligi) Shiboniylar sulolasidan boʻlgan toʻqqizinchi oʻzbek hukmdori, u 1557-yildan 1558-yilgacha hukmronlik qilgan.

Doʻstxon yoki Doʻst Muhammadxon Bujaqaxonning oʻgʻli va oʻzbek xoni Yodgorxonning avlodi edi. U 1557-yilda Aqatoyxon vafotidan keyin hokimiyat tepasiga keldi. Xonning qarorgohi Urganch shahri boʻlgan. Doʻstxon hukmronligi davri hokimiyat uchun kurash bilan ajralib turdi, natijada u 1558-yilda oʻldirildi. Hoji Muhammadxon Xorazmda hokimiyat tepasiga keldi.

Adabiyotlar Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959; Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941; Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996. Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957 Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993. Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976

Turkum:Xiva xonligi hukmdorlari