TEAM University – bu O'zbekistonning Toshkent shahridagi xususiy tadbirkorlik universiteti. Universitet Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18- apreldagi 241-sonlTEAM Universitetini tashkil etish to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (April 2020). qarori bilan tashkil topgan va Ta'lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspektsiyasining 0007-sonli litsenziyasiniЛицензия номер 0007 olgan. Universitet O'zbekistondagi birinchi tadbirkor universiteti bo'lib, xususiy nodavlat ta'lim muassasasi sifatida tashkil etilgan. 2020 yilda TEAM Universiteti Umumta'lim kursiga (International Foundation Course, Buyuk Britaniyaning NQF 3-bosqichi) dastlabki qabul boshlandi, u 2020 yil 29- iyulda Sifatni Ta'minlash Agentligi (QAA) tomonidan tavsiya etilgan tasdiqlash jarayonidan o'tdi. TEAM Universiteti talabalarga Umumta'lim kursini (International Foundation Course) o'qishni qishda, 1-fevraldanInternational Foundation Course Winter Intake ., boshlashni taklif qilgan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi.
2021 yildan boshlab,TEAM o’quv yo’nalishlar bo'yicha bakalavriat dasturlariga (Buyuk Britaniyaning 4, 5, 6 darajalari) qabul qilishni boshlaydi: Tadbirkorlik va xalqaro biznes Tadbirkorlik va raqamli innovatsiyalar Tadbirkorlik va ijodiy sohalar
Hamkor muassasa TEAM o'z dasturlarini tasdiqlash, ishlab chiqish va sifatini ta'minlash uchun Buyuk Britaniyaning London South Bank University (LSBU) bilan hamkorlik qiladi. LSBU Buyuk Britaniyaning boshqa potentsial nomzodlar qatorida sinchkovlik bilan ko'rib chiqildi va TEAM hamkori sifatida tanlandi. Bunga 2016 yilgi The Times va Sunday Times Good University Guide.Entrepreneurial University of the Year 2016 Winners. nashrlari tomonidan 2016 yilgi “Eng yaxshi tadbirkor Universiteti” deb topilgan tadbirkorlik ta'limidagi ko'magi va mukammalligi sabab bo’ldi.
Vasiylik Kengashi TEAM Universiteti ham ta'sischilarni, ham mustaqil a'zolarni o'z ichiga olgan Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. 2020 yil 29-oktyabr holatiga Boshqaruv tarkibiga quyidagilar kiradi: Alan P. Frans, OBE - mustaqil rais Zafar Hoshimov - asoschisi Hikmat Abduraxmonov - asoschisi Muzaffar Qosimov - asoschisi Timur Abduqayumov - asoschisi Endryu Vahtel - mustaqil a'zo Aleksandr Volkov - mustaqil a’zo Eldor Mannopov - mustaqil a’zo Nazira Beyshenalieva - mustaqil a’zo Alisher Xasanov - Bosh direktor / rektor
Ko’zlangan natija, vazifa va qadriyatlar Ko’zlangan natija thumb|right|TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Working space TEAM universiteti rasmiy veb-sayti teamuni.uzTEAM University Vision . ma'lumotlariga ko'ra TEAM universiteti quyidagilarga intiladi: Markaziy Osiyodagi yetakchi xususiy tadbirkorlik universitetlaridan biri sifatida xalqaro miqiyosida tan etilish. Ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish va butun jamiyat uchun qadriyatlarni yaratishda ishtirok etish. Ta'lim sifati va uning talabalari, xodimlari va bitiruvchilari faoliyati orqali qiymat yaratish. Amaliy tadqiqotlar va akademik mukammallikda tan olinishi uchun harakat qilish. TEAM Universitetning vazifasiTEAM University Mission . Refleksiv tadqiqotlarni ko'zlagan hamda vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartiradigan professionallar va tadbirkorlar avlodiga aylanadigan talabalarni o'qitish. Talabalarni ilhomlantirish va rag'batlantirish uchun amaliy, ilmiy va ijtimoiy jixatdan ahamiyatli ta'lim bilan ta'minlash TEAM Universitetning qadriyatlarTEAM University Values . Inklyuzivlik va tenglik Ochiqlik va halollik Tanqidiy muloqot va samimiylik Omadsizlikka bardosh - omadni qadrlash
O’quv yo’nalishlari Umumta'lim kursi (International Foundation Course) thumb|right|TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Working space Umumta'lim kursiInternational Foundation Course at TEAM University . (IFC) talabalarni Buyuk Britaniyaning bakalavr dasturlariga tayyorlash uchun mo'ljallangan bir yillik kunduzgi dasturdir. Kurs talabalarni bakalavriat dasturini muvaffaqiyatli akademik izlash uchun kerakli ko'nikma va malakalarga ega qilish uchun yaratilgan. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tugatgan barcha talabalar TEAM Foundation sertifikatiga ega bo'ladilar va TEAM Universitetida taqdim etilgan bakalavriat dasturlaridan biriga qabul qilinadilar. Tadbirkorlik va xalqaro biznes Tadbirkorlik va raqamli innovatsiyalar Tadbirkorlik va ijodiy sohalar thumb|left|TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Discussion Area thumb|left|TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Meeting Room Infratuzilma thumb|right|Nelson Mandelaga bag’ishlangan hudud, TEAM University TEAM universiteti xilma-xillikni qo'llab-quvvatlaydi va o'z harakatlarida o'z ko’zlangan natijani va vazifasini amalga oshiradi. ko’zlangan natija va vazifa bino me'morchiligida va binolarni tematik bezashida aks etadi. Sinf xonalari va ijtimoiy joylar turli mamlakatlardan kelgan olimlar, rassomlar, ijtimoiy tadbirkorlar, investorlar, ishbilarmonlarning turli xil belgilariga, turli xil kelib chiqishi, jinsi va qobiliyatlariga bag'ishlangan. Universitetda Nelson Mandela, Malala Yusufzay, Stiven Hoking, J.K. Rouling, Pavel Durov, Sundar Pichay, Sheril Sendberg, Uorren Baffet, Ilon Mask uchun bag'ishlangan auditoriyalar mavjud.
Binoni loyihalashda ijtimoiy hudud va o'z-o'zini o'rganishga bag’ishlangan hududlarga alohida e'tibor berildi. Ular bino bo'ylab joylashgan va ko'pincha ta'lim maqsadlariga xizmat qiladi. Yerto'la maydoni ochiq havoda amfiteatr sifatida ishlab chiqilgan bo'lib, u kun davomida ma'ruzalar, ijtimoiy aloqalar, o'quv mashg'ulotlari, sinfdan tashqari ishlar va boshqa maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin. Universitetning o'quv resurs markazida ta'lim olish uchun ko'plab joylar mavjud.
O'quv-resurs markazining dizayni ochiqlik va shaffoflik falsafasi asosida yaratilgan. Markazda ma'ruza xonalari va xususiy xonalar, guruhda ishlash xonalari, kafelar, kitoblar uchun va shaxsiy javonlar, yig'ilish xonalar, videofilmlarni ko’rish uchun xonalar mavjud. Birinchi va ikkinchi qavatlar o'quv xonalari, ijtimoiy joylar va idoralar bilan aralash hudud.
Manzil TEAM universiteti Toshkentning jadal rivojlanayotgan tumanlaridan biri - Yashnobod tumanida joylashgan. Universitet atrofida yirik shaharsozlik loyihalari amalga oshirilmoqda, jumladan ustki metro qurilishi (Yashnobod), Parkent va Maxtumkili ko'chalarining rekreatsion loyihalari, shuningdek, Qorasuv uy-joy loyihasi. Universitet atrofi xilma-xil bo'lib, Toshkent va O'zbekistonga xos madaniy aralashmani aks ettiradi. Yaqin orada Masjid va Arman pravoslav cherkovi mavjud. Do'stobod mahallasi, Qorasuv kanali bo'yi va Tuzel aerodromi ham universitetga yaqin masofada joylashgan.
Universitet manzili: 100050, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv bo'yi ko'chasi (Temur Malik), 146. Havolar TEAM Universitetining rasmiy Facebook sahifasi TEAM Universitetining rasmiy Instagram sahifasi TEAM Universitetining rasmiy Linkedin sahifasi TEAM Universitetining rasmiy YouTube kanali TEAM Universitetining rasmiy Telegram sakanali
Manbalar Turkum:Toshkentdagi universitetlar