Frenzy - FreeBSD operatsion tizimi asosida yaratilgan Live-CD. Kompyuter tarmoqlarini sozlash, tekshirish va analiz qilish, kompyuter qurilmalarini tekshirish va boshqa turli vazifalar uchun moslashgan. Frenzy ikki xil variantda ishlab chiqiladi: Frenzy standart – tizim maʼmurlari uchun moslashgan. ISO obrazining hajmi – 200 megabayt. Distributiv tarkibiga 500 dan ortiq ilovalar kiradi. Frenzy extended – maʼmurlar va yanada kengroq qoʻllana oladigan foydalanuvchilar uchun moslangan. Frenzy standart ilovalaridan tashqari bir qancha ilovalarga ega. ISO obrazining hajmi – 250 megabayt. Distributiv tarkibiga 600 dan ortiq ilovalar kiradi. Shuningdek grafik interfeysga ega boʻlmagan lite versiyasi ham bor. Bazaviy operatsion tizimi FreeBSD 8.3-STABLE. Frenzy tarkibiga kiruvchi dasturlar: C va NASM kompilyatorlari, Perl va Python interpretatorlari Fayl menedjerlari, arxivatorlar Matn muharrirlari, fayllarni koʻrish vositalari va konvertorlar Veb brauzerlar, elektron pochta dasturlari va yangiliklar dasturlari, ICQ, IRC, Jabber dasturlar Tarmoq utilitalari (LAN, modem, Bluetooth, dial-up, VPN, Wireless) Trafik monitoring uchun utilitalar Proksi va redirektlar Masofaviy boshqaruv (telnet, ssh, RDP, VNC) Samba server va dasturlari MySQL va PostgreSQL dasturlari DNS, LDAP, SNMP, DHCP, ICMP, ARP, IP paketlari bilan ishlash utilitalari Osttarmoqlar bilan ishlash qoʻshimchalari Portlar va servislar skanerlari, tarmoq skanerlari Xavfsizlik skanerlari, snifferlar, buzib kirishni aniqlash utilitlari Clamav antivirusi, rutkitlarni aniqlash utilitlari Maxfiy soʻzlar va kriptografiya bilan ishlash utilitlari Kompyuterning qurilmalari haqida maʼlumot olish va uni sozlash dasturlari Qattiq disk va uning boʻlimlari bilan ishlash utilitlari Turli fayl tizimlari bilan ishlash dasturlari Fayllarni qayta tiklash utilitlari Kompyuter va tarmoqning tezligini baholash va test qilish dasturlari Fayl utilitlari, loglar bilan ishlash utilitlari Xotira va protsessorni boshqarish utilitlari CD yozish utilitlari Grafik fayllarni koʻrish utility (GQview), skrinshotlar olish utilitlari MP3/ogg pleyerlari Extended versiyasiyasiga quyidagilar kiradi: xnc fayl menedjeri SciTE matn muharriri Metasploit, spike-proxy, unicornscan, yersinia Lisq, SIM, Psi X-Chat DjVu, CHM, PDF koʻrish dasturlari QEMU va Dosbox emulyatorlari XMMS audiopleyeri MPlayer videopleyeri Tizim tarkibiga Frenzy boʻyicha hujjatlar, shuningdek, FreeBSD rasmiy hujjatlari – FreeBSD Handbook va FAQ kiradi.
Turkum:Dasturiy taʼminot