Sibir qumbaligʻi (Gobio sibiricus) — qumbaliqlar oilasiga mansub kichik baliq. Mongoliya, Qozogʻiston va Rossiya hududlaridan oqib oʻtuvchi Ob, Yenisey va Nura daryolarida uchraydiKottelat, M. (2006). Fishes of Mongolia: A check-list of the fishes known to occur in Mongolia with comments on systematics and nomenclature. Washington, DC: The World Bank.. 2020-yilda ilk marotaba Oʻzbekiston janubidagi Toʻpalang daryosida ham uchrashi qayd etildi. Daryoning unchalik chuqur boʻlmagan, tubi loyqa, oʻsimliklarga boy, ozuqa topish oson boʻlgan qismlarida uchraydi.

Tashqi tuzilishi Chuchuk suv baligʻi. Uzunligi 5,6-13 sm. Tanasi tangachalar bilan qoplangan. Yon chiziqlari soni 40-44 ta. Yon tomonida 7-8 ta yumaloq qora dogʻlari mavjud. Orqa va dum suzgich qanotlarida ham mayda qora dogʻlar koʻzga tashlanadi. Orqa suzgich qanotida 6 ta, anal suzgich qanotida esa 5 ta nurlangan shu’lalari mavjud.

Taksonomiyasi Sibir qumbaligʻi ilk marotaba 1936-yilda Ob, Yenisey va Nura daryolaridan oddiq qumbaliqning kenja turi sifatida kashf etilgan. Shunga qaramay uzoq yillar mobaynida Gobio gobio conocephalus turining sinonimi sifatida qaralganBerg, L.S. (1949). Freshwater fishes of the U.S.S.R. and adjacent countries (Vol. 2, 4th ed.). Moscow, Leningrad: Academy of Sciences of the USSR Press.. Boshqa tadqiqotchilar tomonidan Sibir qumbaligʻi Gobio gobio conocephalus turidan yon chizigʻidagi tangachalar sonining kamligi va orqa suzgich qanotining shakli bilan farq qilishi qayd etilganBanarescu, P., & Nalbant, T. T. (1973). Pisces, Teleostei. Cyprinidae (Gobioninae). Berlin: Das Tierreich, Lieferung 93 Walter de Guryter.. Biroq soʻnggi oʻtkazilgan morfometrik va molekulyar tadqiqotlar Sibir qumbaligʻining alohida mustaqil tur ekanligini koʻrsatdi. Genetik jihatdan Turkiston qumbaligʻiga yaqin turadi.

Yangi populyatsiyalari Yaqinda Oʻzbekiston janubidagi suv havzalarda amalga oshirilgan ekspeditsiya davomida Surxondaryoning irmoqlaridan biri boʻlgan Toʻpalang daryoda Sibir qumbaligʻining uchrashi aniqlandi. U bilan birga avvallari Oʻzbekiston suv havzalarida uchramagan qora dogʻli qumbaliqning ham uchrashi qayd etildi. Bungacha Oʻzbekiston suvlarida qumbaliq urugʻidan faqatgina Turkiston qumbaligʻi tarqalganligini maʼlum edi xolos. Mutaxassislar Sibir qumbaligʻi Fargʻona vodiysi suv havzalarida ham uchrashi mumkinligini taxmin qilishadi. Kelajakda Fargʻona vodiysi suv havzalarida amalga oshiriladigan ixtiologik tadqiqot ushbu masalaga oydinlik kiritib beradi.

Manbalar

Havolalar Gobio sibiricus — FishBase

Turkum:Qumbaliq Turkum:Markaziy Osiyo chuchuk suv baliqlari Turkum:Markaziy Osiyo baliqlari Turkum:Oʻzbekiston faunasi Turkum:1936-yilda kashf etilgan baliqlar