Hidetoshi Nakata (; 1977-yil 22-yanvarda tugʻilgan) - yarim himoyachi sifatida oʻynagan yaponiyalik sobiq professional futbolchi. 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) mamlakatlaridan yetishib chiqqan eng isteʼdodli futbolchilardan biri hisoblangan Nakata, „Oltin toʻp“ mukofotiga nomzod boʻlgan birinchi OFK oʻyinchisi sifatida tarixga kirgan.

Nakata 1995-yilda professional faoliyatini boshlab, 1997 va 1998-yillarda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Hidetoshi 2001-yilda „Roma“ jamoasi bilan Italiya chempioni unvonini qozongan. Yaponiya terma jamoasi safida uchta Jahon chempionatida (1998, 2002 va 2006) ishtirok etdi hamda ikki marta (1996 va 2000) Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. 2005-yilda Nakata Italiyaning xorijdagi obroʻsini oshirgani uchun mamlakatning eng nufuzli mukofotlaridan biri – „Italiya birdamlik yulduzi“ ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, Nakata moda sohasida ham faollik koʻrsatib, muntazam ravishda podium namoyishlarida qatnashadi va mashhur dizaynerlar kiyimlarini kiyib yuradi.

Nakata 2006-yil 3-iyulda, 29 yoshida, oʻn yillik futbol faoliyatini yakunlab, nafaqaga chiqishini eʼlon qildi. Uning karyerasi Italiya Seriya A chempionatida yetti mavsumni va Angliya Premyer-ligasida bir mavsumni oʻz ichiga olgan edi. 2004-yil mart oyida Pele Nakatani oʻsha paytdagi eng yaxshi tirik futbolchilar roʻyxati hisoblangan „FIFA 100“ga kiritdi. Nakata ushbu roʻyxatga kiritilgan atigi ikki nafar osiyolik futbolchidan biri edi.

Terma jamoadagi faoliyati Milliy terma jamoadagi ilk debyutini 1997-yili 21-may Janubiy Koreya terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 77 ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.Japan National Football Team Database 1998-yilgi, 2002-yilgi va 2006-yilgi Jahon chempionati musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.

Statistika

Yaponiya terma jamoasiYillarIsht.Gol1997165199810119993020004020017120028220031112004202005100200661Jami7711

Manbalar

Havolalar

Hidetoshi Nakata at the Japan National Football Team Database

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yaponiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Bologna FC 1909 futbolchilari Turkum:Bolton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:Shonan Bellmare futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:AC Perugia Calcio futbolchilari Turkum:1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:2001-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:2003-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Yaponiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA 100 Turkum:J1 ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohiblari