Tatyana Borisovna Naynik (; tugʻ. 6-aprel 1978) – Rossiyalik qoʻshiqchi, aktrisa, model va produser. 2002-yilda Nu Virgos guruhiga aʼzo boʻlgan.

Biografiyasi Ilk hayoti Tatyana Naynik 6-aprel 1978-yilda Leningradda ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi – Boris Petrovich Naynik, ilmiy texnik sifatida teatrda ishlagan. Onasi – Nina Naynik, dizayn muhandisi. Tatyana badiiy maktabni tamomlagach, bir necha yil badiiy gimnastika va mumtoz baletda oahsil oldi. Bolaligidanoq veterinar boʻlishni orzu qilar, shu bilan u Sankt-Peterburg davlat universitetining biologiya fakultetining kinologlar maktabini tugatgan va ikkinchi toifadagi ishlov beruvchi sudyalik unvoniga ega boʻlgan. Maktabni tamomlagandan soʻng Tatyana A. I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetini pedagogika fakultetini tamomlaydi.

Shaxsiy hayoti Tatyana Naynik raqqosa Dmitriy bilan 4 yil fuqarolik nikohida yashadi. Ukrainalik teleboshlovchi va shoumen Andrey Djedjula bilan esa uchrashib yuradi. 2015-yil iyul oyining boshida Margarita Terexovaning oʻgʻli Aleksandr Terexov bilan turmush qurgan. 2015-yil 2- avgustda ular Vera ismli qiz farzand koʻrishadi.

Diskografiya

Nu Virgos bilan Popytka No. 5 (2002) Singllari Признание Поиграй со мной в любовь Кто ты? Не дано Небо и земля Мёд и лёд Осталась Обо мне I am, are you Скучаю Малиновое сердце

Musiqiy videolar Nu Virgos 2002: Стоп! Стоп! Стоп! 2002: Good morning, папа!

Filmografiya 2014: Сватьи (Svati)

Manbalar

Havolalar Rasmiy fan sayti

Turkum:Rossiyalik aktrisalar