Dennis Sullivan () (1941-yil 12-fevralda tugʻilgan) — amerikalik matematik. Algebraik va geometrik topologiya boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2010-yil Wolf mukofoti bilan, 2022-yilda esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Sullivan 1941-yil 12-favralda Port Huronda tugʻilgan.. Tez orada uning oilasi Houstonga koʻchib oʻtgan.

Sullivan 1963-yil Rice universitetini tamomlagan. 1966-yil Princeton universitetidan PhD darajasini olgan. 1974–1997-yillarda Oliy ilmiy tadqiqotlar instituti aʻzosi boʻlgan. Ayni damda New York shahar universiteti hamda Stony Brook universitetida ishlaydi.

Sullivan William Browder, Sergey Novikov hamda C. T. C. Wall bilan koʻp oʻlchamli xilma-xilliklarni klassifikatsiya qilishning jarrohlik uslubini ishlab chiqqan. Olim, shuningdek, Daniel Quillen bilan hamkorlikda gomotopiyalar ratsional teoremasiga asos solgan.

Manbalar

Havolalar

Dennis Sullivanning Stony Brook universiteti saytidagi sahifasi Dennis Sullivan International Balzan Prize Foundation

Turkum:Qirol Faysal xalqaro mukofoti sovrindorlari Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari