Oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda „Oʻtgan kunlar“ oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi ilk romanElif Batuman The Possessed: Adventures with Russian Books and the …1847083137 2011 "literary-historical landmark I had been waiting for: the emergence of an indigenous novel form. Abdulla Qodiriy’s Past Days, considered to be the first Uzbek novel, was serialized in the magazine Inqilob in 1922-25. ". 1969-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ushbu roman asosida „Oʻtgan kunlar“ nomli film suratga olingan. Adib romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlanganAbdulla Qodiriy. „Oʻtkan kunlar“ ham oʻtkan kunlar" tanqidi ustida baʼzi izohlar. Sharq haqiqati, 1929-yil, 218-son. Roman 1920-yillar boshida yozilgan boʻlib, 1922-yil ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilgan va 1926-yilda alohida kitob holida nashr etilganBayram Rahimguliyev The fate of the first Turkmen novel: From the Bloody Claw … — 2009 — Page 40 O 'tgan Kunlar (Days Gone By) by Abdulla Qodiriy, Quluq Qon (Holy Blood) by Muso Toshmuhammadogli Aybek and Tushda ….

Syujeti Roman XIX asr voqealarini oʻz ichiga olgan. Murakkab tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. Voqealar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar“da ham hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar mavjud.

Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion markazi hisoblanadi. U savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qiladi. Adabiyotshunoslar Abdulla Qodiriy oʻz qahramoni nomidan oʻzining shaxsiy oʻy-fikrlarini soʻzlagan, deb bilishadi.

Yozuvchi bir vaqtning oʻzida oʻzbek ayolining taqdirini ham kuzatib boradi. Ayrim anʼanalar, jumladan, koʻpxotinlik, Kumush va Zaynabning oʻrtasida oʻlimga olib boruvchi xusumatga sabab boʻladi. Yozuvchi goʻzal, Otabekka boʻlgan sevgi bilan ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtuvchi Kumush obrazini yaratadi. Biroq asar fojia bilan yakunlanadi: Kumushbibi kundoshi tomonidan zaharlab oʻldiriladi, Otabek esa vatanini himoya qilaman deb vafot etadi.

Eʼtirof „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek adabiyotida yangi realistik nasrga asos soldi. Keyinchalik mashhur sharqshunos akademik Yevgeniy Bertels shunday yozadi:

Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev shunday yozadi:

Tanqid „Oʻtkan kunlar“ romani xalq tomonidan yaxshi kutib olingan biroq shoʻro hukumati ideologlari, kommunistik partiyaga moyil kishilar, shoʻroviy adabiy tanqidchilar tomonidan qattiq qoralangan. Tanqidlarning asosini asarning markscha-lenincha gʻoyalarga qarshi ekanligi, asarda burjua sinfiy kurashi, boylar tomonidan kambagʻallarni kamsitish sahnalari koʻrsatilmaganligi, oʻzbekning oʻtmishi bezab koʻrsatilganligi va bu bezaklar sovetlar qoralayotgan inqilobgacha boʻlgan davrni odamlar koʻziga juda chiroyli qilib koʻrsatishi kabi iddaolar tashkil etadi.

1928-yilda rus tanqidchisi Mixail Sheverdin „Oʻtkan kunlar“ asari haqidagi tanqidiy maqolasiga xulosa oʻrnida shunday yozadi:

„Oʻtkan kunlar“ romani haqida eng katta adabiy-tanqidiy materialni 1929–1930-yillarda Sotti Husayn yozadi. U asarni oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, badiiy ijodni mavjud shoʻrolar hokimiyati manfaatlariga xizmat qildirish nuqtai-nazaridan tahlil qiladi. Shu bois adibning mahorati, soʻz ustasi ekanligi, asarning sevib oʻqilishini inkor qilmagan holda asarni markscha-lenincha mafkura targʻibotchisi boʻlmagani uchun keskin tanqid qiladi. Xususan, tanqidiy maqolalaridan birida u shunday yozadi:

Senzura va nashrlar „Oʻtkan kunlar“ ilk bor 1925-yilda 1-boʻlimi (1926-yil xatoliklar tuzatilib qayta nashr qilingan), oʻsha yil 2-boʻlimi va 1926-yilda 3-boʻlimi alohida-alohida kitoblar holida arab alifbosida nashr etiladi. Ularning muqovasi „Mushtum“ jurnalining oʻsha paytdagi rassomi Ishtvan Tullya tomonidan bezatilgan (adadi — 10000 nusxa)Habibulla Qodiriy. Otamdan xotira (Otam haqida). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Adibni xotirlab“ qismi (5-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017. 172–173-betlar. 1933-yil esa senzuradan oʻtkazilib, bir qancha oʻzgarishlar va qisqartirishlar bilan qayta nashr etiladi. 1926-yilgi asl nashriga asoslangan oʻzbek kirill alifbosidagi ilk toʻliq nashri Toshkentda 1994-yilda chop etiladi"Oʻtkan kunlar" roʻmoninig 1926 va 1933-yillar nashrlaridagi tafovutlar. Abdulla Qodiriy, Oʻtkan kunlar, Mehrobdan chayon. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. Toshkent, 1994-yil, 640-bet.

Roman 1933-yil Boku shahrida lotin alifbosida, 1958-yil Toshkentda kirill alifbosida va 1958–1961-yillar Karachi shahrida oʻzbek tili arab alifbosida chop etiladiHabibulla Qodiriy. Otamdan xotira (Otam haqida). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Adibni xotirlab“ qismi (5-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017. 181–182-betlar.

Tarjimalar 1931-yil Xolid Said va Abdulla Qamchinbek tomonidan ozarbayjonchaga oʻgirilganSirojiddin Ahmad. Istibdod zamonining qiyofasi („Qodiriyshunoslik“ka bir nazar). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Obid ketmon“ (4-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017-yil, 278-bet.

1958-yil Lidiya Bat va Vera Smirnova tomonidan „Minuvshiye dni“ nomi bilan rus tiliga tarjima qilinganHabibulla Qodiriy. Otamdan xotira (Otam haqida). Abdulla Qodiriy asarlari toʻplami, „Adibni xotirlab“ qismi (5-kitob). Info Capital Group, Toshkent, 2017. 179-bet.

1959-yilda, Qozon shahrida, Tatariston Kitob Nashriyotida asarning tatarcha tarjimasi chop etiladi. Kitob „Ytkәn kөnnәr“ deb nomlangan. Tarjimon va kirish soʻzi muallifi M.Noʻmon (rus. Nogman). Kitob nusxalarini hozir Tatariston Milliy Kutubxonasidan topishingiz mumkin.

2019-yil Islom Karimov fondi buyurtmasiga asosan „Days Gone By“ nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilingan va Fransiyaning „Nouveau Monde Editions“ nashriyotida chop etilgan, tarjimon — Kerol Yermakova, muharrir — Juli Uikeden. Bu tarjimaga rassom Bobur Ismoilov illustratsiyalar yaratgan.

Shuningdek, 2019-yil amerikalik tadqiqotchi va tarjimon Mark Edvard Riz tomonidan „Bygone Days“ nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilingan. Mark Edvard Riz ushbu kitob tarjimasiga 15 yil vaqt sarflagan va asar amerikaliklarga tushunarli boʻlishi uchun 400 dan ortiq izoh va sharhlar yozgan. Ushbu nashr nusxasi AQSHning Kongress kutubxonasidan oʻrin olgan.

Roman arab tilida ham „Oʻtkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi“ nomi ostida 1000 nusxada chop etildi.

Asar Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti professori Kim Chung Sun tomonidan 2,5 yilga yaqin vaqt mobaynida koreyschaga tarjima qilinib, 2025-yilda chop etilgan

Ekranlashtirish 1969-yil – „Oʻtgan kunlar“. Rejissor – Yoʻldosh Aʼzamov, bosh rollarda – Oʻlmas Alixoʻjayev, Gulchehra Jamilova. 1997-yil – „Oʻtgan kunlar“. Rejissor – Melis Abzalov, bosh rollarda – Behzod Muhammadkarimov, Shahrizoda Dilmurod qizi.

Manbalar

Turkum:Romanlar Turkum:Abdulla Qodiriy asarlari