Mahmut Celâl Bayar (; 1883-1986)Profile of Mahmut Celâl Bayar — Turkiya davlat arbobi, 1950-1960-yillarda mamlakat prezidenti.Celal Bayar websitehttps://www.nytimes.com/1986/08/23/obituaries/celal-bayar-dies-at-age-104-a-father-of-turkish-republic.html Erhard Franz: „Biographien führender Persönlichkeiten des öffentlichen Lebens. Bayar, Mahmut Celâl“, in: Klaus-Detlev Grothusen (Hrg.): „Türkei. Südosteuropa-Handbuch. Band IV“, Vandenhoeck & Ruprecht, Göttingen 1985 , p. 760. Bayar oʻz faoliyatini Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasida, uning Izmir va Bursa boʻlimlarini tashkil etishdan boshlagan. Respublikaning eʼlon qilinishidan soʻng, Turkiyaning koʻplab ilk moliyaviy institutlariga, jumladan, mamlakatning birinchi banki — Mehnat bankiga asos soldi. Liberal iqtisodiy siyosat tarafdori Otaturk 1937-yilda iqtisodiyotni liberallashtirish uchun Bayarni Bosh vazir etib tayinladi. Bu mansabda 1939-yilda Otaturkning vorisi İsmet İnönü davrida isteʼfoga chiqdi.

1945-yilgacha Respublika Xalq partiyasi aʼzosi edi. 1946-yilda Adnan Menderes, Fuat Koprülü va Refik Koraltan bilan birga Demokratlar partiyasini tuzdi va Turkiyaning koʻppartiyaviylik davrini boshlab berdi. 1950-yilgi saylovlarda hokimiyatning demokratiyaga tinch oʻtishi sodir boʻldi. Bayar Turkiyaning uchinchi prezidenti etib saylandi. Keyinchalik, 1954 va 1957-yillarda qayta saylangan va 10 yil davomida prezidentlik qilgan. 1960-yilgi davlat toʻntarishidan soʻng, qamoqqa olingan va ozod etilganidan keyin Demokratik partiya bilan aloqador sobiq siyosatchilarning huquqlarini tiklash tarafdori boʻlgan.

U eng uzoq umr ko‘rgan davlat rahbarlaridan biri bo‘lgan. Bayar 1986-yil 22-avgustda, 103 yoshida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Manbalar

Turkum:Yuz yoshdan oshganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar