Yves Meyer (; 19-iyul 1939-yilda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Meyer veyvlet („toʻlqincha“) nazariyasi asoschilaridan biridir. Xususan, olim Meyer veyvleti bilan tanilgan. 2017-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Meyer Parisda yahudiylar oilasida tugʻilganFrench Jewish Mathematician Wins ‘Math Nobel’ The Forward, March 22, 2017, By Daniel Hoffman. Tunisdagi Carnot litseyida tahsil olgan. 1957-yilda Fransiyada matematika fanidan oʻtkazilgan talabalar oʻrtasidagi bellashuvda () gʻolib chiqqan, Oliy normal maktabga kirish imtihonida eng yuqori natija koʻrsatganSociété de Mathématiques Appliquées et Industrielles : Yves Meyer.. 1966-yilda Jean-Pierre Kahane rahbarligida PhD darajasini olgan. Uning akasi Meksika tarixshunosi Jan Meyerdir.
Meyer Milliy harbiy bilim yurtida oʻqituvchi (1960–1963), Strasbourg universitetida oʻqituvchi yordamchisi (1963–1966), Paris-Sud universitetida professor (1966–1980), Politexnika maktabida professor (1980–1986), Paris-Dauphine universitetida professor (1985–1995), Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida toʻngʻich tadqiqotchi (1995–1999), École normale supérieure Paris-Saclayda professor (1999–2003) hamda ayni oliygohda faxriy professor (2004–bugun) lavozimlarida ishlagan.
Manbalar
Havolalar Société Mathématiques de France : Lecture by Yves Meyer (2009) Gauss prize 2010
Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari