Yakov Grigoryevich Sinay () (1935-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik-amerikalik matematik. Dinamik tizimlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Xususan, Sinay dinamik tizimlarning zamonaviy metrik nazariyasiga hissa qoʻshgan hamda deterministik (dinamik) tizimlar olamini ehtimol (stoxastik) tizimlar olami bilan bogʻlagan. 1997-yil Wolf mukofoti, 2014-yil Abel mukofotihttps://www.nature.com/articles/nature.2014.14935 bilan taqdirlangan.
Sinay Moskva davlat universitetida tahsil olgan. 1960-yil Andrey Kolmogorov ilmiy rahbarligida ayni universitetdan fan doktori darajasini olgan. Sinay Kolmogorov bilan bashorat qilish mumkin boʻlmagan dinamik tizimlarda ham harakatni prognoz qilishning imkonsizlik darajasini matematik ifodalash mumkinligini koʻrsatib bergan.
Sinay boshida Moskva davlat universiteti hamda Landau nazariy fizika institutida ishlagan. 1993-yildan beri esa AQShdagi Princeton universitetida ishlab keladi. Olim bugunga qadar oʻnlab mukofot va sovrinlar bilan taqdirlangan, 250 dan oshiq kitob va ilmiy maqola yozgan.
Manbalar
Havolalar Sinai on scholarpedia List of publications on the website of the Landau Institute for Theoretical Physics
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari